«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə77/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296
Moliyaviy hisob

qoʻshimcha yozuv usuli schyotlar aloqasi toʻgʻri tuzilgan, lekin xoʻjalik muomalasining summasi yozilishi kerak boʻlgandan kam qilib yozilgan paytda xatoni tu’zatish uchun qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha yozuvda ham schyotlar aloqasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kerak boʻlgan toʻgʻri summa oʻrtasidagi farqiga yoziladi.
Masalan, mol etkazib beruvchilardan 40000-00 soʻmlik material olingan. Schyotlar aloqasida esa 35000-00 soʻm deb koʻrsatilgan.
1010-«Xom-ashyo va materiallar» schyoti debeti – 35000 soʻm,
6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga
toʻlanadigan schyotlar» schyotining krediti – 35000 soʻm.
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schyotlarga 5000 soʻm qoʻshimcha yozuv qilinadi. (45000-35000).
1010-«Xom-ashyo va materiallar» schyoti debeti – 5000 soʻm,
6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga
toʻlanadigan schyotlar» schyotining krediti – 5000 soʻm
natijada ikkala yozuv summasi sodir boʻlgan xoʻjalik muomalasini toʻgʻri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno usulidan, ham qoʻshimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob koʻrsatkichlari tartibga solinib ham turiladi.
Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-kitobga muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx oʻrtasidagi farq summasi qizil storno yoki qoʻshimcha yozuv yoʻli bilan hisob registrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot(ish, xizmat)ning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan oshiq boʻlsa, u holda qoʻshimcha yozuv usulidan foydalanib, farq summa oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi boʻlsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi. SHunday qilib, mahsulot(ish, xizmat)larning reja tannarxi boʻyicha baholanib schyotlarda aks ettirilgan qiymati tartibga solish yozuvi yordamida haqiqiy tannarx darajasiga etkaziladi.
Tuzatilgan schyotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini koʻrsatgan holda izoh berish kerak.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xoʻjalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qoʻllaniladi, hisob registrlarining u yoki bu tartibda oʻzaro bogʻlanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qoʻllaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qoʻllaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgalterlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə