«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə80/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296
Moliyaviy hisob

Bosh-jurnal


Memoral-orderning tartib raqami

Order sanasi

Operatsiyalar №

Hujjat va muomala mazmuni

Oborot summalar

№1000-«Materiallar» schyoti

«Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar

va h.k.

D-t

K-t

D-t

K-t




Saldo










15000

55000




78000

12000




1

10.01

1

materiallar kelishi vedomosti

54000

54000







54000







I.t.d.

























Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli.
Hisobning avtomatlashtirilgan shakli elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan foydalanish asosida buxgalteriya hisobini toʻliq avtomatlashtirish va kompьyuterlashtirishga asoslanadi.
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni ikki bosqichga boʻlish mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan buxgalterlik hisobini EHMda toʻliq avtomatlashtirishning namunaviy loyihasi buxgalterlik hisobini EHMda toʻliq avtomatlashtirishning xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmagan. Bunda shartli doimiy ma’lumotlarning koʻp qismi bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada, u har bir muayyan holda mashinaga kiritilganligi uchun oʻzgaruvchan ma’lumotga tenglashtirilganday boʻladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni toʻplash va roʻyxatga olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish avtomatlashtirilmagan.
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini toʻliq avtomatlashtirish va periferik texnikadan keng foydalaniladi. Bunda dastlabki ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa shahobchalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. Bu vaqtda ma’lumotlarga hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash, mashinagrammalarni pechatlash, hamda nazorat qilish bilan aloqador boʻlgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan hisob shaklining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yigʻish va qayd qilish vositalaridan foydalanish; shartli-doimiy ma’lumotlarga oʻzgaruvchan ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov berilganda, ulardan koʻp marta foydalanish uchun EHMning xotirasida toʻplash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni chiqarish hisobiga ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga kiritilgan shartli-doimiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini shakllantirish; avtomatik nazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish: natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur koʻrsatkichlar oldindan harflar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan foydalanish.
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur boʻyicha oʻzgartiriladi, ma’lumotlarni xos raqami bilan belgilash ayrim nomenklatura darajasida va toʻplamida ham bir xil amalga oshiriladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich koʻrinishida kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili xoʻjalik muomalalarini schyotlarda ikki yoqlama aks ettirish toʻliq saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) asosida ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish buxgalterlik hisobi oldiga yangi talablar qoʻyadi.
SHunga koʻra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga zaruriyat kuchayadi. Bu rivojlanish hisobni zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish negizida toʻla avtomatlashtirish va keyinchalik kompьyuterlashtirish yoʻlidan borishi kerak.
Hisoblash texnikasini qoʻllash jarayonining butun tizimini takomillashtirish,ya’ni dastlabki hisobdan to davriy va yillik hisobotlar tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish va boshqarish oldiga qoʻyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirilib borilishi lozim.


Shartli belgilar:


Joriy yozuvlar
Yozuvlarni tekshirish

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə