«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə84/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   296
Moliyaviy hisob

Ishonchlilik tamoyili axborotlarni buzib koʻrsatishlardan va xatolardan holiligi hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Extiyotkorlik tamoyili-hisobot hujjatlarida aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy miqdorlarda koʻrsatish kerakligini bildiradi. Ehtiyotkorlik tamoyilining ifodalanishlaridan biri; tannarx yoki bozor narxi boʻyicha past baholash qoidasi hisoblanadi. Bu qoidaga binoan, aylanma mablagʻlarini qachon va qanday baholarda sotib olganligidan qat’iy nazar hisobot davrida ularni joriy bozor baholarida aks ettirib, tafovutni joriy davr zararlariga kiritishi kerak. Agar, ularning bozor baholari hisobot davrida oshgan boʻlsa, korxona oʻz aktivlarini anashu oshgan bozor bahosi boʻyicha sotadi va oʻz hujjatlariga hech qanday oʻzgarishlar kiritmaydi. Bunday yondashuv buxgalteriya hisobida bozor vaziyatidagi oʻzgaruvchanlikni va mulkdorlarining xatar darajasini aks ettirish imkonini beradi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili-iqtisodiy mazmunning huquqiy shakldan ustunligi boʻlib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi. Masalan; agar korxona oʻz faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan vositalardan foydalansa, ushbu korxona ularni oʻz balansida aktivlar tarkibida aks ettiradi, lekin huquqiy nuqtai nazardan olganda korxonaning ushbu vositalar uchun mulkdorligini ahamiyati yoʻq.
Koʻrsatkichlar qiyoslanishi tamoyili-bir nechta korxonalarning oʻxshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur korxonada buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchillik saqlanadi, bu esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozimligini taqozo etadi.
Betaraflilik tamoyili moliyaviy hisobotlarni tuzishda, undan foydalanuvchilarni bir guruxining manfaatlarini boshqa guruh manfaatlariga zarar keltiradigan holda, qanoatlantirishga urgʻu berilmasligini anglatadi. Shuningdek, moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli boʻlishi uchun taxminlardan holi boʻlishi lozim.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə