«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə100/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   296
Moliyaviy hisob

Tushunarlilik-moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda boʻlishi kerak.
Ahamiyatlilik-foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatlidir. Korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya hisobi yetkazib beradigan axborotlarni toʻgʻriligiga bogʻliq boʻladi.
Ishonchlilik-axborotlarni buzib koʻrsatishlardan va xatolardan holiligini hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Koʻrsatkichlar qiyoslanishi-bir nechta korxonalarning oʻxshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi va mazkur korxonada bir necha hisobot davrlaridagi korxona faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qiyoslashga erishishga imkon beradi izchillikni saqlanishini bildiradi.
Moliyaviy hisob axborotlarining bunday sifat koʻrsatgichlariga erishish, axborotlarni korxona buxgalteriyasi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etishga, hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida tuzish va taqdim etish tamoyillarga va qoidalarga rioya etishga bogʻliq. Moliyaviy hisobotlarning axborotlarini asossiz kechiktirilishi, ularni, iqtisodiy ahamiyatini pasaytiradi yoki umuman yoʻqotadi. Shuningdek, foydalanuvchilarda, xoʻjalik sub’yektlarining moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarga, ularning barcha jihatlari ma’lum boʻlgunga qadar zarurat paydo boʻlishi mumkin, bunga qadar taqdim etilgan xborotlar hisobotlarning ishonchliligini buzadi va foydalanuvchilargi katta naf keltirmaydi. Chunki, ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur boʻladilar. Shuning uchun, moliyaviy hisobini tashkil qilishda, eng avvalo, foydalanuvchilarga qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻladigan iqtisodiy axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish kerak.


Markazlashgan va markazlashtirilmagan buxgalteriyalar tavsifi.
Korxona boshqaruv tizimining xususiyatidan kelib chiqib buxgalteriya apparati ikki xil, markazlashgan va markazlashtirilmagan shakllarda tashkil qilinadi. Markazsizlashtirish darajasi boʻlinmalarni va tsexlarni tarkibi hamda hisobning bajaradigan funktsiyalari bilan belgilanadi.
Markazlashtirilmagan shaklda korxonaning markaziy buxgalteriyasi bilan bir qotorda, uning mustaqil boʻlgan va mustaqil boʻlmagan tarkibiy qismlarida2 buxgalteriya guruhlari va boʻlimlari, alohida tsexlar boʻyicha3 va korxona tarkibidagi birlashmalar4 shaklida tashkil qilinadi.
Bajaradigan funktsiyalari boʻyicha buxgalteriya bir necha darajada tashkil qilinadi:
1. Balans va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanadigan toʻliq hisob olib borishga moʻljallangan buxgalteriya;
2. TSexlar, boʻlinmalar va birlashmalar faoliyatiga tegishli boʻlgan birlamchi hujjatlarni qabul qiluvchi va ishlov beruvchi, korxona xodimlari bilan hisob-kitoblarni olib boruvchi, moddiy qiymatliklarni haqiqiy mavjudligini, harakatini nazorat qiluvchi va hisobini olib boruchi va boʻlinmaga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishni amalga oshiruvchi buxgalteriya;
3. Birlamchi hujjatlarni toʻgʻri tuzilganligini, moddiy javobgar shaxslarni hisobotlarini va videogramalarni toʻgʻriligini nazorat qiluvchi hamda hisob ma’lumotlari asosida har xil axborotlar beruvchi buxgalteriya.
Birinchi darajaga kiradigan markazlashtirilmagan buxgalteriya yuqori darajadagi mustaqillikka ega boʻlgan tarkibiy tuzilmalarga xos boʻladi. Masalan, ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiruvchi texnologik alohidalangan hamkor korxona, tsexlar, boʻlinmalar, yoki shoʻba va qaram korxonalarda tashkil qilingan buxgalteriya.
Ikkinchi darajadagi buxgalteriya sanoat ishlab chiqarishi bilan shugʻullanadigan yirik aktsiyadorlik jamiyatlari, kompaniya, xolding va boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tsexlarga va boʻlinmalarga xos boʻlgan buxgalteriya.
Uchinchi darajadagi buxgalteriya, markazlashgan buxgalteriyaga briktirilgan boʻlinmalarda, tsexlarda, uchastkalarda faoliyat yuritadigan axborot guruhlari.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining (aktsiyadorlik jamiyatlari, trestlar, xoldinglar, birlashmalar) buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat taqsimotiga asoslanadi. Buxgalteriya apparati xodimlari mehnat taqsimoti, ularning bajaradigan ishlarini turlari (xodimlarning bajaradigan funktsiyalari) va hisob ishlarini qanchalik tugallanganligi (yakunlanganlik) darajasi bilan belgilanadi. Buxgalteriyada hisob ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, tugallangan hisob jarayonini yoki ma’lum bir ob’yektni hisobga olish bilan belgilanadi. Bularning har birining yutugʻi va kamchiliklari bor. Misol, bajaradigan ishlarini turlari boʻyicha mehnat taqsimoti sharoitida, hisob jarayoni detallashadi, natijada bajaruvchilar faoliyat sohasi cheklanib, hisob ma’lumotlarini aniqligi boʻyicha ma’suliyat bir qancha bajaruvchilar zimmasiga tushadi. Hisob ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, yuqori malakali buxgalterlarni talab etadi. Malakali buxgalter kadrlarni yetishmovchiligi amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalarni tashkil qilishga har doim ham imkon bermaydi. Shuning uchun amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalar deyarli uchramaydi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə