«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


§8. Buxgalteriya apparati xodimlarini shakllantirish va ularning faoliyatini rejalashtirish



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə103/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   296
Moliyaviy hisob

§8. Buxgalteriya apparati xodimlarini shakllantirish va ularning faoliyatini rejalashtirish.
Korxona buxgalteriyasining mehnat jamoasi, ularga yuklatilgan vazifalarni ongli intizom va ma’suliyat bilan bajaradigan, malakali buxgalterlar birligidan tashkil topadi. Buxgalteriyada mehnat jamoasini shakllantirish, buxgalterlarda ish sifati koʻnikmalari hosil qilish bilan bogʻliq boʻlgan, murakkab tashkiliy va tarbiyaviy jarayonlardan tashkil topadi. Jipslashgan buxgalterlar jamoasini shakllantirish, yangi ishga qabul qilingan har bir xodim bilan oʻrtoqlik munosabatlarini oʻrnatishdan, unga ish oʻrgatishdan boshlanadi. Buxgalteriya apparatining tajribali xodimlarini yangi ishga qabul qilinganlarga nisbatan xayrixohlik munosabatida boʻlmaslik, xodimda yuqori aqliy va asabiy kuchlanish yuzaga kelishiga va oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotishga olib keladi, natijada, ish jarayonlarida koʻplab xatoliklarga yoʻl qoʻyishlariga va ishga boʻlgan qiziqishlari pasayib, ishdan koʻngli soviy boshlashga olib keladi. Olib borilgan anketa soʻrovlari har 100 ta buxgalterdan 20 tasi jamoadagi mehnat munosabitlaridan qoniqmaganligini bildirgan.
Ma’lumki, har bir ishga kiruvchi, jamoada oʻrnatilgan tartibga, mehnat intizomga, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarga hamda u bilan bevosita ishlaydigan rahbarning shaxsiy sifatiga qiziqadi. Shuning uchun, korxonaning mehnat jamoasidan, yangi ish boshlovchilarga nisbatan, e’tiborli boʻlish va ularning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarash talab etiladi. Bunday munosabat ularni oʻz ishlariga nisbatan ma’suliyat bilan qarashga, shijot va gʻayrat bilan ishlashga, shuningdek, ishonib topshirilgan vazifalarni sidqi-dildan bajarishga undaydi.
Buxgalteriya apparati hodimlarining bosh va asosiy vazifasi iqtisodiy ma’lumotlarni hisobga olish asosida korxona faoliyatiga nazorat oʻrnatish, uning faoliyatidagi barcha moddiy, mehnat va moliyaviy imkoniyatlarning zaxiralarini aniqlash asosida, uning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish boʻlib hisoblanadi. Bunday vazifalarni bajarish buxgalteriyada ishni yuqori tashkil qilishni, buxgalterlar jamoasining tayyorgarlik malakasini va faolligini oshirishni talab etadi. Buxgalteriya hisobida ilmiy-texnika inqilobi amalga oshirilayotgan hozirga davrda bunday ishlarni ijodiy faolik koʻrsatmay amalga oshirib boʻlmaydi.
Yuqori malakali buxgalter boʻlish, yaxshi muxandis yoki shifokor boʻlishdan kam mehnat talab qilmaydi. Buning uchun har bir xodimdan, malakaviy bilimga ega boʻlishlik, ishlab chiqarishni xususiyatlarini, personal kompyuter texnikasidan foydalanishni, dasturlashni va moliyaviy qonunchilikni chuqur bilishlik talab etiladi. Bunga erishish uchun har bir buxgalter oʻz kasbini jonu dilidan sevishi va ish vaqtidan toʻgʻri foydalanishi kerak. Ishga ijobiy yondoshish, ijodiy faolikni, bilimlarni doimo yangilab borishni, umumiy duniyoqarashni kengaytirishni va yaxshi, bilimli mutaxasis boʻlishni ta’minlaydi. Mutaxasis oʻz ishini takomillashtirish borasida oʻzini saviyasini ham takomillashtiradi. Shuningdek, ijodiy oʻsishga intilish, bilimga boʻlgan chanqoqlikni va tizimli bilim olishni ta’minlaydi hamda odob-axloqni oʻstiradi. Buxgalteriya apparatining har bir xodimidan ishga boʻlgan ijodiy munosabatni, huzur halovatdan kechib, oʻz ustida tizimli ishlash asosida oʻstirishni va tarbiyalashni talab etiladi. Bunday natijalarga erishish har bir xodimning muhim va ma’suliyatli majburiyati boʻlib hisoblanadi. Har bir mutaxasis ijodiy rivojlanishi uchun eng avvalo faoliyatiga tegishli boʻlgan adabiyotlarni qunt bilan oʻqishi bilan bir qotorda ularni tahlil qilishni ham bilishligi zarur. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari oʻzining vakolati va majburiyati doirasida qoʻl ostida ishlovchilar oʻz malakalarini qanday oshirayotganligiga, shuningdek, ish faoliyatlarida buxgalteriya hisobini yangi usullaridan qay darajada foydalanayotganliklari bilan ham qiziqish kerak. Buning uchun korxona bosh buxgalteridan hisob ishlarini yaxshilash maqsadida davriy matbuotda va iqtisodiy manba’larda chop qilinadigan barcha ilmiy axborotlarni chuqur oʻrganish asosida korxona kutubxonasini yangi mahaliy va xorij adabiyotlari hamda me’yoriy hujjatlar bilan toʻldirib borish talab etiladi.
Ilmiy-texnika inqilobi davom etayotgan bir paytda buxgalteriya apparati xodimlari mehnatini tashkillashni, takomillashgan zamonaviy usullarini qoʻllash va mehnat unumdorligini oshirish asosida sifatli hisob axborotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ulardan oʻz bilimlarini doimiy oshirish va toʻldirish talab etiladi. Hisobchilik amaliyotiga hisoblash texnikasining yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan zamonaviy avlodini kirib kelishi buxgalteriya hisobi xodimlaridan axborotlar oqimini tizimli oʻrganishni va kasbiy mahoratlarini oshirishni muhim hayotiy zaruriyat qilib qoʻyadi. Buxgalterlar mehnatini tubdan oʻzgartiradigan shaxsiy kompyuterlarni ishlash tamoyillarini oʻzlashtirish va boshqarishni avtomatlashgan tizimini joriy etish, buxgalterlardan mehnatni ilmiy tashkil qilish tamoyillarini, iqtisodiy kibernetika sirlarini, iqtisodiy axborotlarni dasturlash tizimi va shaxsiy kompyuterlarni ishlatish boʻyicha bilimlarni bilish talab etiladi. Bunday bilimlarga ega boʻlish, eng avvalo, dasturchilar bilan yagona «tilda» gaplashish va ularning oldiga amaliy vazifalarni aniq qilib qoʻyish uchun zarur boʻladi. Personal kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlaridan bexabar boʻlgan buxgalterlar nafaqat ularni oʻzlashtirishga qiziqadi, balkim, ulardan faydalanishga qarshi boʻladilar. Shuning uchun ham hisob xodimlaridan boshqaruv usullarini takomillashtirish boʻyicha bilimlarni toʻplash jarayonida hisob axborotlari tarkibida boʻladigan oʻzgarishlarni oldindan koʻra bilish va ularni sinchiklab tekshirib, tanqidiy xulosa qilish va ular haqidagi tasavurlarini oʻzgartirish talab etiladi.
Moliyaviy hisobni tashkil qilish deganda barcha birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishgacha boʻlgan hisob ishlarini bajarish jarayoni tushuniladi. Moliyaviy hisob jarayonini tashkil qilish deganda, sintetik va analitik hisobni olib borishni, buxgalteriya ishlarini markazlashtirish va markazsizlashtirishni, hisob ishlarni avtomatlashtirishni, moddiy qiymatliklarni baholash usullarini tanlashni, hisob apparatini tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini, buxgalteriya apparati xodimlarini shakllantirishni, buxgalteriya apparati xodimlari faoliyatini rejalashtirishni va hisob xodimlarining bajaradigan vazifalarini aniqlashni muayan bir tartibi tushuniladi.
Hisob apparati xodimlari mehnat jamoasini boshqarish hamkorlikda ishlaydigan shaxslarning samarali mehnat qilishlari uchun yaratilgan sharoitlari yigʻindisi boʻlgan mehnat jarayonlariga asoslanadi. Shuning uchun mehnat jarayonlarini xodimlar orasida javobgarlik markazlari va bajarish vaqtlari boʻyicha rejalashtirish buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining muhim vazifalaridan biri boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekistonda buxgalteriya hisob ishlarini bajarish bilan bir necha yuz ming mutaxasislar band. Ularni mehnatini rejali tashkillash iqtisodiyot tarmoqlarida muhim muamoni tashkil qiladi. Hisob ishlarini tashkillashda xodimlar mehnatini rejalashtirish buxgalteriya xodimlari ish faoliyatini toʻgʻri tashkil qilinganligining asosiy koʻrsatgichi boʻlib xizmat qiladi. Chunki, toʻgʻri tuzilgan rejalar mehnat zaxiralarini aniqlashni va boshqaruvni tezkor va aniq hisob axborotlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Korxona buxgalteriyasi faoliyati joriy ishlar va istiqbolda bajariladigan ishlar rejalari bilan belgilanadi.
Joriy ishlar rejasida barcha hisob jarayoni majmuasi oʻzaro, bir-biri bilan bogʻliqlikda, tartibga solinadi. Odatda, bu rejada quyidagilar keltiriladi:
1. Ishlab chiqarishni boshqarish uchun zarur boʻlgan hisob axborotlarini olish tartibi;
2. Tuziladigan moliyaviy va statistik hisobot shakllari;
3. Foydalaniladigan hisob registrlari shakllari;
4. Foydalaniladigan dastlabki hujjatlar va boshqa axborot tashuvchi
vositalar;
5. Dastlabki hujjatlarni va axborot tashuvchi vositalarni rasmiylashtirish ishlariga ma’sullar;
6. Hisob ishlari majmuasi, ularni sermehnatligi, bajarish ketma-ketligi va vaqti.
Buxgalteriya apparati xodimlarining oylik ish rejasida keltirilgan hisob ishlarini bajarish, bajariladigan ishlar kesimida, javobgarlik markazlari va bajaruvchilar tarkibi boʻyicha keltiriladi. Buxgalteriyaning oylik ishlarni taxminiy rejasi 1.5-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə