«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-chizma. Iqtisodiy axborotlarni hisobga olish texnologiyasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə105/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   296
Moliyaviy hisob

1.3-chizma. Iqtisodiy axborotlarni hisobga olish texnologiyasi

Buxgalteriyada tekshirilgan va tasdiqlangan moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari (moddiy javobgar shaxslarning pul, pul-tovar, tovar, materiallar harakati haqidagi hisobotlari) yoki uning vazifasini bajaruvchi boshlangʻich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirish reestlariga binoan buxgalteriya oʻtkazmalari tuziladi. Buxgalteriya oʻtkazmalar sodir boʻlgan hoʻjalik muomalalarini buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik hisob registrlariga yozib chiqiladi. Hisob registrlarida amalga oshirilgan yozuvlar hisobot davrining oxirida hisob registrining eni va boʻyi boʻyicha jamlab chiqiladi hamda sintetik va analitik schyotlar boʻyicha aylanma qaydnoma (balans) tuzib joriy hisobning toʻgʻri olib borilganligi tekshirib koʻriladi. Shu bilan xoʻjalik jarayonlarini hisobga olish ishlari yakunlanadi.


Shuni aytish lozimki, aniq hisob jarayonlarini bajarish bir qancha omillar bilan belgilanadi: hujjatlar soni va mazmuni, hujjatlarni buxgalteriyaga kelib tushish ketma-ketligi, hisob ishlarini bajarish ketma-ketligi, hisobchilik shakli, hisob registrlari va guruhlovchi qaydnomalar tarkibi, hisob ishlarini kompyuterlashtirish darajasi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqalar.
Hozirgi kunda respublikamizdagi koʻplab korxonalar buxgalteriya hisobining avtomatlashgan-qogʻozsiz shaklidan foydalanmoqda. Bu shaklning afzalligi shundaki, boshlangʻich hujjatlarini tuzishdan boshlab toki moliyaviy hisobotlarni tuzguncha boʻlgan hisob ishlari kompyuter texnikalari yordamida bajariladi.
Shaxsiy kompyuterlardan foydalanib buxgalteriya hichobi ishlarini tashkil qilish texnologiyasi va bajarish ketma-ketligi 1. 4-chizmada keltirilgan.



1.4-chizma. Kompyuterlashtirilgan hisob texnologiyasi
Iqtisodiy ma’lumotlarni hisobda qayd qilish va bu jarayonni takomillashtirish, hisoblash texnikasini qoʻllash hamda korxona moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish korxona faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish talablari asosida olib borilishi kerak.
Hisob ishlarini personal kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish, birlamchi hujjat ma’lumotlarini texnik axborot tashuvchi vositalarga koʻchirish va yagona axborotlar bazasini tashkil qilish bilan izohlanadi. Buning afzalligi shundaki keyinchalik ularga ishlov berish qoʻl mehnatisiz, avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Boshlangʻich hujjatlarni «Olingan hujjatlarni qayd qilish Jurnali»ga yozish buxgalteriya hisobini personal kompyuterlar asosida tashkil qilishning birinchi bosqichi boʻlib hisoblanadi. Bunda barcha ma’lumotlar boshlangʻich hujjatlardan axborot tashuvchi texnik vositaga joylashtiriladi va nazorat tabulyagrammasi vazifasini bajaruvchi «Hujjatlarni qayd qilish jurnali»ga kiritiladi. Jurnalning tuzilishi 1.6-jadvalda keltirilgan. Qayd qilish jurnalida hujjat sanasi, raqami, xoʻjalik operatsiyasini mazmuni, summasi va buxgalteriya pravodkolari koʻrsatiladi.
Hujjatlarni qayd qilish jurnali schyolar boʻyicha tabshlyagramma vazifasini bajaradi. Uning jam summasi sintntik schyotlar boʻyicha tuziladigang oborot qaydnoma vazifasini bajaradi va hisob ma’lumotlarini toʻgʻri tuzilganligini nazorat qilishga asosi boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə