«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-jadval «Toshmamathoji» ishlab chiqarish, tajorat firmasiing 2018 yil yanvar oyi uchun dastlabki hujjatlarni qayd qilish JURNALI



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə106/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   296
Moliyaviy hisob

1.6-jadval
«Toshmamathoji» ishlab chiqarish, tajorat firmasiing 2018 yil yanvar oyi uchun dastlabki hujjatlarni qayd qilish JURNALI

T/R

Hujjat

Xoʻjalik operatsiyasini mazmuni

Summa

Provodka




Sana

Rakam







Debet

Kredit

1

2

3

4

5

6

7

01 yanvar 2018 yil holatiga qoldiq










1

01.01

400

Fargʻona neftbazasi UK olindi

13500000-00

2810

6010

2

05.01

444

Fargʻona neftbazasi UK olindi

13500000-00

2810

6010

3

01.01

272

Savdo tushumi bankga topshirildi

500000-00

5110

2810

4

02.01

273

Savdo tushumi bankga topshirildi

500000-00

5110

2810

5

03.01

272

Savdo tushumi bankga topshirildi

500000-00

5110

2810

6

04.01

273

Savdo tushumi bankga topshirildi

500000-00

5110

2810










va boshqalar










65

31.01

272

Savdo tushumi bankga topshirildi

1500000-00

5110

2810

Yanvar oyi oboroti

54820000-00







01.02.2018 yil qoldiq









Hisob apparati xodimlarining qoʻl mehnati sharoitida hujjatlarni qayd qilish jurnalida xoʻjalik muomalalari iqtisodiy mohiyatlari jihatidan tizimlashtirilmasdan qayd qilinsa, kompyuterlardan foydalanishda ularni maxsus oldindan tizimlashtirilgan xronologik ketma-ketlikda qayd qilinadi. Misol: avval kassa muomalalari, keyin hisob-kitob muomalalar va boshqalar.


Boshqacha qilib aytganda hisobni kompyuterlashtirish sharoitida kelgan va chiqib ketgan hujjatlarni qayd qilish jurnali asosida koʻpjurnalli yoki hisobchilikning integral shakli deb nomlangan usulidan foydalaniladi. Korxona moliya-xoʻjalik faoliyatini audit qilishda hujjatlarni qayd qilish jurnalidan boshlangʻich manbai sifatida foydalaniladi, chunki, hisob ishlarini kompyuterlar yordamida tashkil qilishda barcha boshlangʻich hujjatlar axborot tashuvchi texnik vositalarga oʻtkazilganligi sababli oldindan audit oʻtkazishning avtomatlashgan bazasi shakllantirilgan boʻladi.
Hisobga olishning ikkinchi bosqichida boshlangʻich hujjatlarda qayd etilgan iqtisodiy axborotlar ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida sintetik schyotlar boʻyicha guruhlanadi. Bunda shaxmatsimon tabulyagramma sifatida tuziladigan bosh kitob asosiy hisob registri sifatida namoyon boʻladi,
Shaxmatsimon qaydnoma shaklidagi tabulyagramma boshlangʻich hisob hujatlariga toʻgʻri ishlov berilganligini va joriy hisob schyotlarida amalga oshirilgan yozuvlarni avtomatik tarzda nazorat qiladi. Shuning uchun har bir sintetik schyot boʻyicha aylanma summalarini aloqador schyotlar kesimida tekshirib koʻrishga va nazorat qilishga hojat qolmaydi.
Hisobga olishning uchinchi bosqichi, dastlabki hujjat ma’lumotlarini analitik schyotlar kesimida guruhlash boʻlib hisoblanadi. Analitik hisob registrlari sintetik schyotlar boʻyicha tuziladi. Ularda moddiy qiymatliklarning harakati qiymat va miqdor oʻlchovlarida koʻrsatiladi.
Buxgalteriya hisobini personal kompyuterlar asosida avtomatlashtirishni afzalliklari quyidagilarda namoyon boʻladi:
1. Hisob ma’lumotlarining oʻta toʻgʻriligi ta’minlanadi;
2. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur boʻlgan hisob ma’lumotlarini olish tezkorligi oshadi;
3. Hisob apparati hodimlari oddiy texnik ishlarni bajarishdan ozod boʻladi;
4. Hisob xodimlarida nazorat va tahlil ishlarini bajarishga sharoit yaratiladi;
5. Hisob ishlari ma’lumotlarining yagona bazasi shakllantiriladi.


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə