«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Hisob siyosati, uning mohiyati, mazmuni va ahamiyati



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə109/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296
Moliyaviy hisob

Hisob siyosati, uning mohiyati, mazmuni va ahamiyati.
Hisob siyosati deganda, korxonada, korxona rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish boʻyicha qoidalariga mos ravishda ishlab chiqilgan usullarni qoʻllash haqidagi tartib tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritishning bunday usullariga, korxona xoʻjalik faoliyatida mavjud boʻlgan asosiy vositalarni va nomodiy aktivlarni baholash, ularga amortizatsiya hisoblash, materiallarni baholash, korxonada hujjat ayriboshlashni, inventarizatsiya oʻtkazishni tashkil etish, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash, buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash, hisobchilik shakllarini qoʻllash, axborotlarni avtomatlashtirish va boshqa usullar kiradi. Hisob siyosatining mazmuniga boʻlgan talab Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 1-sonli «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» milliy standarti bilan belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi»ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chogʻida foydalaniladigan boshqa koʻplab me’yoriy hujjatlar va uslubiy koʻrsatmalar bilan belgilab qoʻyilgan. Iqtisodiyotning alohida tarmoqlarida ularning ish hususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkillash talab etiladi. Bu alohida korxonalar boʻyicha hisob yuritishda tarmoq nizomlarini ishlab chiqishni yoki boʻlmasa, ularning hisob siyosatlarida hisobga olishning variantlarini tanlab olishni taqoza etadi.
Korxona hisob siyosatining mazmuni va yoʻnalishi, uning moliyaviy natijalariga, investorlarni jalb qiluvchanlikka, soliq idoralari bilan kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga ta’sir etadigan buxgalteriya hisobini tashkillashga imkoniyat yaratishi lozim. Iqtisodiy asoslangan hisob siyosati korxonaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Hisob siyosatini ishlab chiqishda korxonaning mulkiy alohidalanganligini, uning faoliyatini davomiyligini va hisob siyosatini qoʻllash izchilligini va boshqa bir qancha omillarni toʻgʻri belgilab olish kerak. Shuningdek, korxonani hisob siyosati buxgalteriya hisobining mukammallik, mazmunning shakldan ustunligi, oʻz vaqtidalik, ehtiyotkorlik, muvofiqlik va boshqa tamoyillar talabiga javob berishi lozim.
Korxonalarda qabul qilinadigan hisob siyosati buxgalteriya hisobini tashkillash boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi” ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chogʻida foydalaniladigan boshqa koʻplab me’yoriy hujjatlar va uslubiy koʻrsatmalar talabiga javob berishi kerak.
Hisob siyosatida buxgalteriya hisobining alohida ob’yektlarini, asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, moddiy qiymatliklarni, kreditlar va qarzlarni, ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy qoʻyilmalarni hisobini tashkillash usullari (xususiyatlari), shuningdek moliyaviy hisobotlarni tarkibi, ularni tuzish, taqdim etish tartibi hamda ularning elementlarini batafsil yoritilishi talab etiladi.
Korxona hisob siyosati korxonaning bosh buxgalteri tomonidan shakllantiriladi va buyruq bilan rasmiylashtirilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Hisob siyosati haqidagi buyruqda buxgalteriya hisobini tashkillash boʻyicha hisob siyosatida nazarda tutilgan barcha elementlar keltiriladi.
Masalan: ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usuli va ob’yekti, xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish moddalari tarkibi, kalkulyatsiya ob’yekti va birligi, egri xarajatlarni taqsimlash uslubi va boshqalar.
Hisob siyosatida ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasini batafsil yoritish buxgalteriya hisobini ratsional tashkillashga imkon beradi.
Ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakli (qoʻlda, kompyuterda);

  • Buxgalteriya hisobini shakllari;

  • Korxonani ichki hisobotlarini taqdim etish rejasi;

  • Sodir boʻladigan xoʻjalik operatsiyalari ustidan nazorat oʻrnatish tartibi;

  • Hujjatlashtirish va hujjatlar aylanishi rejasi;

  • Qayta roʻyxatga olish rejasi;

  • Schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi;

  • Buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasi.

Hujjatlar rejasida korxonada xoʻjalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda foydalaniladigan hujjatlar tartibi va ularni toʻldirishga boʻlgan talab koʻrsatiladi. Korxona faoliyati uchun zarur boʻladigan hujjatlar miqdori aniqlangandan keyin ular bosmaxonada koʻpaytiriladi yoki sotib olinadi. Markazlashgan ta’minot sharoitida esa zaruriy hujjatlar yuqori tashkilotdan olib kelinadi (byudjet tashkilotlarida).
Qayta roʻyxatga olish rejasida rejali va rejasiz qayta roʻyxatga olishni oʻtkazish tartibi, shakli va muddatlari koʻrsatiladi. Qayta roʻyxatga olish muddatlari moddiy javobgar shaxslardan sir saqlanadi.
Schyotlar va schyotlar aloqasi rejasida korxona faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonun talablari doirasida, buxgalteriya hisobining 21-milliy standartiga binoan korxonada foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi keltiriladi.
Buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasida buxgalteriya apparatini tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining shtatlari, har bir xodim ishini yoʻriqnomasi, ularni malaka oshirishlari boʻyicha tadbirlar va hisob ishlarini bajarish jadvali ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya apparati tarkibini, uning boshqa boʻlimlar bilan aloqasi va buxgalteriya ishlarini tashkillash variantidan (markazlashtirgan yoki markazlashtirilmagan) kelib chiqqan holda belgilash maqsadga muvofiq boʻladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə