«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Mavzu boʻyicha qisqacha xulosalar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə110/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   296
Moliyaviy hisob

Mavzu boʻyicha qisqacha xulosalar
1. Erkin raqobat va bozor munosabatlari sharoitida biznesni globallashuvi va baynalminallashuvi, korxonalar oʻrtasida erkin raqobat va tijorat sirini vujudga kelishi bilan kechadi. Korxona xodimlaridan ishlab chiqargan mahsulotlari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish tamoyillarini raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi. Shuning uchun, mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar korxonaning mehnat jamoasiga va ularning hamkorlariga tegishli boʻlgan tijorat siri hisoblanadi. Bir vaqtning oʻzida korxona moliya-xoʻjalik faoliyatining moliyaviy koʻrsatkichlari ma’lumotlari bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi «begona» huquqiy va jismoniy shaxslar, banklar va boshqa moliya muassasalari ham qiziqadilar. Jahon amaliyotda bunday ma’lumot va axborotlar buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi boʻlgan moliyaviy va boshqaruv hisobi orqali olinadi. Moliyaviy hisob-xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan jamoatchilik hukmiga taqdim etiladigan hamda ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan axborotlarni taqdim etuvchi hisobdir. Boshqaruv hisobi-ichki foydalanuvchilar ehtiyojini hisobga olgan holda korxona ishlab chiqarish jarayonlari uchun zarur boʻlgan, xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, yoqilgʻi, extiyot qism zaxiralari va ularning ishlab chiqarish sarflari ustidan nazorat oʻrnatishga, xodimlarga ish haqi va asosiy vositalarga eskirish toʻgʻri hisoblanganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi sarflari toʻgʻriligini bilishga, korxonada byudjet bajarilishiga va foyda olishning monitoringini oʻrnatishga va boshqa shu kabi maqsadlar uchun ma’lumotlar tayyorlab beradi.
2. Oʻzbekiston xududida faoliyat yuritayotgan barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Oʻzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq belgilangan tartib, muddat va shakllarda moliyaviy hisobotlar taqdim etadilar. Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobot davri ichidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati holati haqida axborotlar berish vositasi boʻlib hisoblanadi. Misol: korxonaning aktivlari va majburiyatlari holati, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida, pul oqimlari toʻgʻrisida, ustav va xususiy kapital tarkibi haqida axborotlar beradi. Moliyaviy hisobni tashkil qilishda va hisobotlarni tuzishda kontseptual asoslarga tayaniladi.
3. Hisobga olish texnikasi mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar barcha iqtisodiy sub’yektlar uchun bir xil boʻladi. Bajariladigan ishlarni xususiyatlarida, hisob ishlarini kompyuterlashtirish darajasida va ma’lumotlarni olish tartibida farq boʻlishi mumkin. Shuning uchun barcha xoʻjalik sub’yektlarda iqtisodiy axborotlarni hisobga olishda hisoblash texnikasidan foydalanish ishlarini quyidagilarga qaratilishi lozim: birinchidan, boshlangʻich hisob ma’lumotlarini shakllantirish, jamlash, hujjatlashtirish va hujjatlarni axborot tashuvchi texnik vositalarga joylashga; ikkinchidan, barcha hisob hujjatlarini huquqiy va arifmetik jihatdan toʻgʻri tuzilganligini tekshirishga; uchinchidan, korxonani boshqaruvchilar, mulkdorlar va investorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish haqida umumlashgan ma’lumotlar tayyorlashga; toʻrtinchidan, boshlangʻich hujjatlarni harakati va ular asosida tuzilgan guruhlovchi qaydnomalarning toʻgʻri tuzilganligini nazorat qilishga; beshinchidan, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xoʻjalik muomalalarini sintetik va analitik hisob schyotlari kesimida guruhlashga, schyot ma’lumotlarini bosh kitobga, aylanma qaydnomalarga yozishga va moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida, toʻgʻri tuzishga; oltinchidan, hisob registrlarini, tabulyagramalarni boshlangʻich hujjatlar asosida toʻgʻri tuzilganligini har tomonlama tekshirib koʻrishga; yettinchidan, boshlangʻich hujjatlarni korxona va davlat arxiviga topshirgunga qadar saqlashni tashkil qilishga.
4. Hisob siyosati-bu korxona rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalariga mos ravishda usullarni qoʻllash boʻlib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini yuritishning bunday usullariga, xoʻjalik faoliyatini tasdiqlovchi dalillarni baholash va guruxlash, aktivlarning qiymatini toʻlash, hujjat ayriboshlashni tashkil etish, inventarizatsiya oʻtkazish, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash, buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash, axborotlarni ishlab chiqish va boshqa usullar kiradi. Hisob siyosatining mazmuniga boʻlgan talab Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining №1 «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» milliy standarti bilan belgilab qoʻyilgan.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə