«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə112/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   296
Moliyaviy hisob

Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xoʻjalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir.
Oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining 5-son “Asosiy vositalar” nomli milliy standarti 7- bandida asosiy vositalarga korxona faoliyatida uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan koʻproq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktiv deb ta’rif berilgan. Agar korxonada asosiy vositalar bilan bogʻliq boʻlgan boʻlajak iqtisodiy nafga ishonch va ularni qiymatini aniq baholash imkoniyati mavjud boʻlsa bunday aktivlar asosiy vositalar sifatida tan olinadi.
Binobarin, hisobchilik amaliyotida quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi:
1. Ulardan mahsulot inlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish yoki korxonani boshqarish jarayonlarida foydalanish;
2. Korxona faoliyatida bir yildan ortiq muddat xizmat qilib oʻzining tashqiy koʻrinishini saqlab qolish;
3. Ularni xarid yoki ishga tushirish paytida bir birligini yoki toʻplamini qiymati Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq boʻlish;
4. Keyinchalik aktiv sifatida sotilmaslik;
5. Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf (daromad) keltirish.
Asosiy vosita obyektlaridan foydalanish vaqtida daromad oladigan davr ularning foydali xizmat muddati boʻlib hisoblanadi. Alohida guruhdagi asosiy vositalarning foydali xizmat muddati ulardan foydalanish natijasida olinadigan mahsulotlar, bajaradigan ishlar va xizmatlarning natural miqdori bilan belgilanadi.
Quyidagilar asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy me’yoriy hujjatlari boʻlib hisoblanadi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonun;
2. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi;
3. Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha Qoidalar;
4. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisida Qonuni;
5. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisidagi Nizom;
6.Inventarizattsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom;
7. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida Nizom;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabr 833-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan 19-sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish» Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartsi;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 06-aprel 1334-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom»;
10. Buxgalteriya hisobining 5-«Asosiy vositalar» nomli milliy standartsi.
Harakatdagi meqyoriy hujjatlar korxona rahbariga hisobot yilida asosiy vositalar tarkibida hisobga oli- nadigan buyumlarni qiymatini soha xususiti va korxona faoliyat kulamini hisobga olgan eng kam chegarasini belgilash huquqi berilgan.
Quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) axborot-kutubxona fondi;
4) muzey ashyolari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar;
6) moddiy madaniy meros obyektlari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari toʻliq xarajatlar jumlasiga kiritilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar;
10) notijorat tashkilotlarning Soliq kodeksi 318-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan hamda notijorat faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulki, bundan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk mustasno;
11) Soliq kodeksi 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-kichik bandlariga muvofiq kelib tushgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati Soliq kodeksining 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Korxona mulkiga oʻtkazilgan yer uchastkalari asosiy vositalar tarkibida natura shaklida hisobga olinadi.
Koʻp yillik koʻchatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, va ijaraga olingan asosiy vositalarga yoʻnaltirilgan kapital qoʻyilmalar hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar hisobini tashkillashda qoʻydagi shart-sharoitlar rioya qilish alohida ahamiyatga ega: asosiy vositalarni iqtisodiy mazmuni va ishlatish tamoyillariga koʻra turkumlash; asosiy vositalarni baholash tamoyillarini oʻrnatish; asosiy vositalarni hisobga olishning uchyot birligini toʻgʻri aniqlash; birlamchi hujjatlar bilan toʻgʻri rasmiylashtirishni va hisob registrini toʻgʻri tanlash.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə