«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Tarmoq xususiyatlariga koʻra



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə114/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   296
Moliyaviy hisob

Tarmoq xususiyatlariga koʻra asosiy vositalar: sanoat, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, transport, aloqa, qurilish, gelogiya va qidiruv, savdo va umumovqatlanish, moddiy-texnika ta’minoti, moddiy ishlab chiqarishning boshqa faoliyat turlari, uyjoy-komunal xoʻjaligi va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, fizkultura va ijtimoiy ta’minot, madaniyat va sanat, fan va ilmiy xizmat koʻrsatish, kreditlash va sugʻurta, partiya va jamoat tashkilotlari va boshqa guruhlarga boʻlinadi.
Belgilanishi boʻyicha asosiy vositalar: asosiy faoliyat ishlab chiqarish asosiy vositalariga, boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish asosiy vositalariga va noishlabchiqar tarmogʻining asosiy vositalari kabi guruhlarga ajratiladi. Masalan, sanoat korxonalarida-yordamchi qishloq xoʻjaligi (bogʻdorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, boʻrdoqichilik va boshqa yordamchi qishloq xoʻjaligi), xodimlarni salomatliklarini tiklash muassasalari (kasalxona, poliklinika, prafilaktoriya, sport va madaniyat saroylari va boshqalar), fermer xoʻjaliklarida-qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari (konserva, kolbassa, vino, murabbo, soklar ishlab chiqadigan tsexlar) yordamchi xoʻjaliklar tashkil qilinishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda va moliyaviy hisobotlarni tuzishda turkumlashning bunday belgilari saqlanib qoladi. Misol, moliyaviy hisobotlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari asosiy vositalari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini asosiy vositalari (yer haydash traktorlari, agrotexnik ishlarni amalga oshirish traktorlari, paxta terish va gʻalla oʻrish kombaynlari va boshqalar), sanoat ishlab chiqarishi asosiy vositalari (stanoklar, kuch mashinalari, qurilmalar, uzatmalar va boshqalar) va noishlabchiqarish sohasi asosiy vositalari (sport maydonchalari, klublar va boshqalar) sifatida alohida-alohida koʻrsatiladi.
Alohida turlari boʻyicha asosiy vositalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar, ish va kuch mashinalari, jihozlar, oʻlchov asboblari, hisoblash texnikasi va kompyuterlar, transport vositalari, instrumentlar, ishlab chiqarish va xoʻjalik inventarlari, ish, mahsuldor va nasl qoldiruvchi hayvonlar, koʻp yillik bogʻlar, xoʻjalik ichidagi yoʻllar, kutubxona fondlari, oʻrmonlar, daryolar, dengiz va okeanlar.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə