«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Iqtisodiyot sohalariga koʻra



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə115/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   296
Moliyaviy hisob

Iqtisodiyot sohalariga koʻra asosiy vositalar ishlabchiqarish va noishlabchiqarish asosiy vositalariga boʻlinadi.
Ishlab chiqarish asosiy vositalari ishlab chiqarish texnologik jarayonida bevosita ishtirok etib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarishga xizmat qiladi. Bunday asosiy vositalarga binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashina va jihozlar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor mollar, koʻp yillik bogʻlar va moddiy ishlab chiqarish sohasida mavjud boʻladigan boshqa mehnat qurollari kiradi.
Noishlabchiqarish asosiy vositalariga ta’lim, sogliqni saqlash, madaniyat, maorif, xizmat koʻrsatish, kommunal xizmatlari va noishlabchiqarish sohasining shu kabi boshqa korxonalariga xizmat qiladigan mehnat qurollari kiradi.
Kimga tegishligiga koʻra asosiy vositalar: oʻzining asosiy vositalariga va ijaraga olingan asosiy vositalarga boʻlinadi. Asosiy vositalarni bunday guruhlash eng avvalo, mulk soligʻi toʻlash va amortizatsiya ajratmalari hisoblash uchun zarur.
Korxonalarda mavjud boʻlgan asosiy vositalar hammasi birvaqda foydalanilmaydi. Ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun har bir korxona omborida ularning ma’lum bir qismi zaxira sifatida saqlab turiladi. Bunday zaxiralar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar tabiiy ofatlardan zarar koʻrganda yoki ular kapital va joriy ta’mirga toʻxta’tilganda zudlik bilan almashtirishda foydalaniladi. Tarmoq va korxona rahbarlari asosiy vositalarning umumiy qiymatidan qanchasi zaxiradagi asosiy vositalar tashkil etishini bilish zaruriyati mavjud. Shuning uchun buxgalteriya hisobida asosiy vositalar ishlatishdagi, zaxiradagi va konservatsiya qilingan kabi guruhlarga boʻlinib hisobga olinadi.
Korxonalar ixtiyoriga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari (neft, gaz, koʻmir, oltin va boshqa shu kabi qazib olinadigan kon mahsulotlarining yer maydonlari), urmon va suv resurslari asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Ular buxgalteriya hisobida faqat natura shaklida hisobga olinadi.
Amortizatsiyalanishi jihatidan asosiy vositalar soliqqa tortiladigan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi normalari boʻyicha guruh va guruhchalarga boʻlinadi1:



Guruhlar

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə