«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə116/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296
Moliyaviy hisob

tartib
raqami

Kichik
guruhlar
tartib
raqami

Asosiy vositalarning nomi

Amortizatsiya
ning yillik eng yuqori normasi,
foizlarda

I




Binolar, imoratlar va inshootlar







1

Binolar, imoratlar

3




2

Neft va gaz quduqlari

5




3

Neft-gaz omborlari




4

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari




5

Koʻpriklar




6

Dambalar, toʻgʻonlar




7

Daryo va dengiz prichal inshootlari




8

Korxonalarning temir yoʻllari




9

Qirgʻoqnimustahkamlovchi,
qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar




10

Rezervuarlar, tsisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar




11

Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi




12

Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi




13

Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlkalari, toʻxtash joylari




14

Istirohat bogʻlarining va hayvonot bogʻlarining inshootlari




15

Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari




16

Issiqxonalar va parniklar




17

Boshqa inshootlar

II




Uzatish qurilmalari







1

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8




2

Ichki gaz quvurlari va quvurlar




3

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari




4

Magistral quvurlari




5

Boshqalar

III




Kuch mashinalari va asbob-uskunalar







1

Issiqlik texnik asbob-uskunalari

8




2

Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari




3

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar




4

Kompleks qurilmalar




5

Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV




Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)







1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar

15




2

Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va asbob-uskunalari




3

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi




4

Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari




5

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash asbob-uskunalari




6

Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari




7

Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari




8

Nasoslar




9

Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar




10

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari




11

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar




12

Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari




13

Boshqa mashinalar va uskunalar

V




Harakatlanuvchi transport







1

Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi

4




2

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari




3

Havo transporti




4

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20




5

Engil avtomobillar




6

Sanoat traktorlari




7

Kommunal transport




8

Maxsus vaxta vagonlari




9

Boshqa transport vositalari

VI




Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari







1

Kompyuterlar

20




2

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari




3

Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi




4

Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari

VII




Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar

15

Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh boʻyicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qoʻllash orqali, biroq Soliq kodeksda belgilangan cheklangan normadan koʻp boʻlmagan tarzda hisoblanadi.


Soliq solish maqsadlarida amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblashga, agar bu soliq solish maqsadlarida hisob siyosatida mustahkamlab qoʻyilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Soliq bazasiga, ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda, toʻliq hisoblanmagan amortizatsiya summasi miqdorida tuzatishlar kiritish amalga oshirilmaydi.
Asosiy vositalarni guruhlash ularning analitik hisobini olib borish uchun foydalaniladi.
Asosiy vositalarning inventar obyekti buxgalteriya hisobi birligi boʻlib hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar obyekti sifatida barcha qurilmalar va anjomlarga ega boʻlgan obyekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan alohida konstruktiv buyum yoki butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasiga - umumiy moslamalarga, anjomlarga, boshqaruvga ega, asosiy buyum bilan bir poydevorda qurilgan va majmuaga kiruvchi, oʻz vazifasini faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan buyumlar kiradi. Masalan, har qanday bino yongindan saqlash, ventilyatsiya va isiti tizimlariga ega. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar obekt sifatida hisobga olinadi. SHu binoga biriktirilgan va ma’lum ishni bajarishga muljallangan va oʻzida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan buyumlar, masalan, passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari alohida inventar obektlar sifatida qaraladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydalanish muddatiga ega boʻlgan bir nechta mustaqil obyektlar mavjud boʻlgan holatda har bir obyekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventarg obyekti sifatida hisobga olinadi.
Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida boʻlgan asosiy vositalar har bir korxonaning umumiy mulkdagi ulushiga teng miqdorlarda asosiy vositalar tarkibida aks ettiriladi. Masalan, “Azot” va “Neftni qayta ishlash” aktsiyadorlik jamiyatlari sheriklik asosida teng hissalarda boshlangich qiymati 120, 0 milliard soʻmga teng boʻlgan sanatoriya prafilaktoriya qoʻrishgan. Bunday inshoatning 60,0 milliard soʻmlik dastlabki qiymati “Azot” aktsiyadorlik jamiyatining balansida, yana 60,0 milliard soʻmlik dastlabki qiymati “Neftni qayta ishlash” aktsiyadorlik jamiyati balansida aks ettiriladi.


Asosiy vositalarni baholash

Iqtisodiyotning barcha tarmoq korxonalari uchun Oʻzbekiston respublikasi moliya vazirligi tomonidan asosiy vositalarni baholashning yagona tizimi oʻrnatilgan. Hozirgi paytda hisob nazariyasi va amaliyotida asosiy vositalarni baholashning boshlangich, joriy, qoldiq (balans), tugatish qiymatlari va qoplash summalaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining 5-“Asosiy vositalar” nomli milliy standartining 17-bandiga muvofiq aktiv deb tan olinadigan asosiy vositalar dastlabki (tiklash) qiymati boʻyicha baholanadi.


Boshlangich qiymat - asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish boʻyicha haqiqatda qilingan xarajatlar va foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogliq boʻlgan (etkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish, toʻlangan va qoplanmaydigan soliq) hamda boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Asosiy vositalarni boshlangich qiymatini topishni matematik modulini qoʻydagi formula bilan ifodalash mumkin:
∑Bq  +∑Ux;

qaerda:
1. ∑ - summa;


2. Sq - asosiy vositalarni qurish yoki xarid qilish boʻyicha haqiqatda qilingan xarajatlar;
3. Ux - ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogliq boʻlgan hamda boshqa xarajatlar.
Xoʻjalik yurituvchi subektlar amalietida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga qanday yoʻllar bilan kelib tushishi bilan belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin: oldi-sotdi shartnomasi boʻyia asosiy vositalarni haq evaziga sotib olish; asosiy vositalarni korxonaning oʻzida tayyorlash (kapital qoʻyilmalar (asosiy vositalarni qoʻrib bitkazish va ishga tushirish) yakunlangandan keyin obektni ishga tushirish); tasischi tomonidan ustav kapitaliga qoʻshilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi asosida asosiy vositalarni sotib olish; lizing shartnomasi asosida asosiy vositalarni olish, moddiy-tovar zaxiralari tarkibidan asosiy vositaga utkazish, inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash, xorijdan horij valyutasi hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish va boshqa manbahlardan.
Alohida holatlarda asosiy vositalarning boshlangich qiymati qoʻydagicha aniqlanadi:

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə