«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə117/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296
Moliyaviy hisob

Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar obyektining boshlangich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
1. Aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma boʻyicha qurilish - montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga toʻlanadigan summalar;
2. Asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish yigimlari, davlat bojlari va boshqa shunga oʻhshash toʻlovlar;
3. Bojxona bojlari va yihimlari;
4. asosiy vositalar obyektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yigimlar summalari (agar ular qoplanmasa);
5. Asosiy vositalar obyektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bogliq axborot va maslahat xizmatlari uchun toʻlangan summalar;
6. Asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sugurtalash boʻyicha xarajatlar;
7. Asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga toʻlanadigan haqlar;
8. Asosiy vositalarni oʻrnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
9. Aktivdan moʻljal boʻyicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bogliq boshqa xarajatlar.
Qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit boʻyicha foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qoʻshiladi. Agar xoʻjalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bogliq sarflarni toʻlash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olgan boʻlsa, mazkur maqsadli kredit boʻyicha toʻlanadigan foizlar obektning qoʻrilishi va ishga tushirilishi xoʻjalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayonida 5-BHMSning 11-bandiga muvofiq ishga tushirilayotgan obektning qiymatiga qoʻshiladi.
2. Korxonaning oʻzida tayyorlangan asosiy vositalarni boshlangich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi - korxonaning oʻzida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlangich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur obyektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) boʻyicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit boʻyicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlangich qiymatiga kiritiladi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə