«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə120/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296
Moliyaviy hisob

Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymatiga teng;
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chogida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasiga teng.
Qoplash summasi – xoʻjalik subyekti aktivlaridan kelgusida ham foydalanish hisobiga qoplashni moʻljallayotgan va tugatish qiymati qoʻshilgandagi summa.
Asosiy vositalarni qayta baholashda ularning dastlabki qiymatlari joriy davridagi narxlar va me’yorlar bilan qayta hisoblab chiqiladi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalar hisob va hisobotda tiklash qiymat boʻyicha aks ettiriladi. Qayta baholash vaqtigacha hisoblab chiqilgan asosiy vositalarning eskirishi oʻzgartirilmaydi. Qayta baholash oʻtkazish sanasida hisoblangan eskirish qayta baholanadi.
Asosiy vositalarning qayta baholash summasi (eski baho bilan yangi baho orasidagi farq) davlat tashkilotlarida "Ustav kapitali (fondi)" hisobvaragʻining, "Ustav kapitali" ilova hisobvaragʻida, mulkchilikning boshqa shakllaridagi tashkilotlarda esa "Rezerv kapitali" ilova hisobvaragʻida aks ettiriladi. Agar joriy baho bilan qayta hisoblangan baho orasidagi farq manfiy boʻlsa, ya’ni joriy baho arzonlashgan boʻlsa, rzonlashtirilgan summa xarajat deb tan olinadi va "Foyda va zararlar" hisobvaragida aks ettiriladi.
2. Asosiy vositalarni qayta baholash
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlangich qiymati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-son BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda oʻzgartirilmaydi. Bundan tashqari asosiy vositalarning dastlabki qiymati quydagi hollarda ham oʻzgartiriladi:

  1. Qoʻshimcha binolar qurilganda;

  2. Asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilganda;

  3. Asosiy vositalar modernizatsiya qilinganda

  4. Asosiy vosita qisman tugatilganda.




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə