«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Asosiy vositalarning dastlabki qiymati oʻzgartirish mumkin boʻlgan hollar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə121/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296
Moliyaviy hisob

Asosiy vositalarning dastlabki qiymati oʻzgartirish mumkin boʻlgan hollar.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1. Asosiy vositalar deb nimaga aytiladi?
2. Asosiy vositalarga nimalar kiradi?
3. Qaysi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi?
4. Qaysi me’yoriy hujjatlar  asosiy vositalarni hisobga olishning asos boʻlib hisoblanadi?
5. Qaysi aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi?
6. Asosiy vositalardan samarali foydalanishni tashkil qilishda buxgalteriya hisobi oldiga qaysi vazifalarni qoʻyadi?
7. Asasiy vositalar qaysi belgilari boʻyicha guruhlanadi?
8. Tarmoq xususiyatlariga koʻra asosiy vositalar qanday turlarga boʻlinadi?
9. Belgilanishi boʻyicha asosiy vositalar qanday turlarga boʻlinadi?
10. Alohida turlari boʻyicha asosiy vositalar qanday turlarga boʻlinadi?
11. Kimga tegishligiga koʻra asosiy vositalar qanday turlarga boʻlinadi?
12.Amortizatsiyalanishi jihatidan asosiy vositalar soliqqa tortiladigan mol-mulk amortizatsiyaning qaysi normalari boʻyicha guruh va guruhchalarga boʻlinadi?
13. Asosiy vositalarning boshlangich qiymati qanday aniqlanadi?
14. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati deganda nimani tushunasiz?
23-Ma’ruza: Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish va hisobi
Reja:
1. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.
2. Asosiy vositalarni pasportlash.
3. Asosiy vositalar harakatini sintetik hisobi
4. Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobi.
Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.

Asosiy vositalar tarkibida oʻzgarishlar qoʻydagi hollarda yuz beradi: asosiy vositalarini kelishi; asosiy vositalarni chiqib ketishi; asosiy vositalarni kapital ta’mirga olish; asosiy vositalarni korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi; ularni bir guruhdan ikkinchi bir guruhga utkazish; zaxiraga berish; baholarini oʻzgarishi va boshqa hollar.


Asosiy vositalarni har bir oʻzgarishini koʻrib chiqamiz.
Korxonaga asosiy vositalar qoʻydagi hollarda kelishi mumkin: asosiy vositalarni toʻldirish uchun boshqa korxonalardan sotib olish; korxonaning oʻzni ishlab chiqarish tsexlaridan zaxira uchun tayyorlaganda; agar korxonada kapital qoʻrilishi boʻlimi mavjud boʻlsa, oʻzining kapital qoʻrilishi boʻlimi tomonidan qoʻrib bitkazilgan kapital qoʻrilishni (binova inshoatlarni) qaboʻl qilishdan; oʻzining yuqori tashkilotidan; boshqa tashkilotlardan tekinga olish; ta’sischilardan ustav qondiga ulush sifatida; inventarizatsiya natijasida hisobdga olinmagan asosiy vositalarni aniqlashdan va boshqa shu kabi hollarda.
Hamma hollarda asosiy vositalarni kelishi (oʻzini tsexida tayyorlangan asosiy vositalar bundan istesno) korxona rahbari buyrugʻi bilan tashkil qilingan komissiya tuzadigan “Qabul dalolatnomasi” bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni qaboʻl qilish komissiyasi tarkibiga korxona kapital qoʻrilishi boʻlimi vakili va moddiy javobgar shaxs albatta ishtirok etishi kerak. Asosiy vositalarni “Qabul dalolatnomasi” 3 nusxada tuziladi, agar agar asosiy vosita chetdan (boshqa korxonadan) olinayotgan boʻlsa 4 nusxada tuziladi. Dalolatnomada asosiy vositaning nomi, tayyorlangan yoki qoʻrib bitkazilgan vaqti (sanasi) va texnik tavsifi keltiriladi. Dalolatnoma har bir inventar obyektga alohida tuziladi. Bir turdagi inventar obyektlarga umumiy dalolatnoma tuzish mumkin. Oʻzining tsexida tayyorlangan asosiy vositalar korxona omboriga “Nakladnoy” yoki asosiy mahsulotni omborga topshirishda foydalaniladigan boshqa hujat bilan rasmiylashtiriladi. Hamma hollarda olingan har bir asosiy vositaga ularning pasporti vazifasini bajaruvchi “Asosiy vositalarni inventar kartochkasi” tuziladi. Bu kartochkada asosiy vositani nomi, tayyorlangan vaqti, tayyorlagan korxona nomi, asosiy vositaning xizmat muddati, amartizatsiya me’yorlari, kapital ta’mirlash muddati va texnik tavsifi keltiriladi.
Asosiy vositalar korxonadan qoʻydagi hollarda chiqib ketishi mumkin: ishga yaroqsizligi tufayli (toʻliq eskirganda) tugatilganda; yuqori tashkilotning koʻrsatmasiga binoan qaytarib olmaslik sharti bilan boshqa korxonalarga tekinga berish; ortiqcha deb hisoblangan asosiy vositalarni sotish, tabiy ofatlar natijasida va kamomadlar aniqlanganda.
Asosiy vasitalarni eskirganligi va ishga yaroqsizligi tufayli tugatish “Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi” bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma korxona rahbari buyrugʻi bilan tashkil qilingan komissiya tomonidan moddiy javobgar shaxsning ishtirokida ikki nusxada tuziladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma asosiy vasitalarni tugatilganligini buxgalteriya hisobida aks ettirish, tugatish natijalarini aniqlash va asosiy vositalar inventar kartochkalarida ularni tugatilganligini yozish uchun xizmat qiladi. Asosiy vositalarni tugatish natijasi ularning dastlabki qiymatlaridan eskirish soʻmmasini, tugatish xarajatlarini va tugatishgdan olingan moddiy qiymatliklarni qiymatini ayrish yoʻli bilan aniqlanadi.
AV-4-son namunaviy shakl

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə