«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amartizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli) usuli



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə129/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296
Moliyaviy hisob

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amartizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli) usuli. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obektining har yilda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga asoslanadi. Mazkur usul boʻyicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida yillar boʻyicha ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib oʻtilgan tonnakilometr miqdori va shunga oʻxshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy koʻrsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlangich qiymatining ushbu asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga boʻlgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Misol faraz qilaylik avtomobillarning amartizatsiya normalaridan kelib chiqib “Lasetti” sedan avtomobilining xizmat muddati 5 yil qilib belgilangan. Birinchi yil uchun 300000 km, ikkinchi yil uchun 250000 km, 3 yil uchun 200000 km, turtinchi yil uchun 150000 km, 5 yil uchun 100000 km, jami 5 yil uchun 1000000 km yoʻl bosib oʻtishi belgilangan boʻlsin. Avtomobilning 1km harakati eskirish summasini topamiz: 120000000/1000000 = 120 sum. Har yillik yurilgan miqdorni bir kilometrlik xarajat summasiga koʻpaytirib yillik amartizatsiya summasi aniqlanadi, buni 12 boʻlish yoʻli bilan har oylik amartizatsiya summasini topish mumkin (5.2-jadval).

  1. 300000/120 = 36000000;

  2. 250000/120 = 30000000;

  3. 200000/120 = 24000000;

  4. 150000/122 = 18000000;

  5. 100000/122 = 12000000.



5.2-jadval
Lasetti” sedan avtomobili uchun bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amartizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli) usulida avtommortizatsiya hisoblash

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə