«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə127/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   296
Moliyaviy hisob

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1. Asosiy vositalarni qabul qilishda qaysi hujjatlar rasmiylashtiriladi?
2. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda qaysi hujjatlar rasmiylashtiriladi?
3. Asosiy vositalarni inventar raqamini zaruriyati nimada?
4. Asosiy vositalarni boshlangʻich qiymatini aniqlashda qaysi xarajatlar qoʻshiladi.
5. Asosiy vositalarni boshlangʻich qiymatini aniqlashda qaysi xarajatlar qoʻshilmaydi?
6. Asosiy vositalarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarga qaysi xarajatlar kiradi?
7. Asosiy vositalar korxona balansiga qaysi holatlarda kirim qilinishi mumkin?


24-ma’ruza: Asosiy vositalarga amortizatsiyasi hisobi.


REJA:
1. Asosiy vositalarga amortizatsiyasi hisobilash usullari
2. Amartizatsiya ajratmalarini hisobi.
Amortizatsiya haqida tushuncha, uning iqtisodiy tabiati.
Korxonalarda asosiy vositalarning qiymati ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiya qilinadigan qiymati uning foydali yoki meoyoriy xizmatining butun muddati davomida subektning xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida muntazam taqsimlanadi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat bu aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlangich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summa.
Buxgalteriya hisobining 5-son “Asosiy vositalar” nomli Milliy Standarti aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishing qiymat koʻrinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Asosiy vositalar obekti boʻyicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻla qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mazkur obekt boʻyicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati toʻliq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi toʻxtatilmaydi. Asosiy vositalar obektining konservatsiyaga oʻtkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi toʻliq toʻxtatilgan sharoitda ularning qoʻshimcha qurilishi, qoʻshimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davrida ularga amartizatsiya hisoblanmaydi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə