«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-jadval Bank xizmatlari boʻyicha sarflar summasining hisob-kitobi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə125/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   296
Moliyaviy hisob

6.3-jadval
Bank xizmatlari boʻyicha sarflar summasining hisob-kitobi



t/r

Sarflarning maqsadi

Sarflar summasi

1

Akkreditiv hisobvaragʻini ochish va bank xizmati bilan bogʻliq xarajatlar

$500 000 x 1,1 foiz = $5500 x 3 500 soʻm = 19 250 000 soʻm

2.

Kontraktni tayyorlash uchun toʻlov

$150 x 3 500 soʻm 525 000 soʻm

3

Kontraktni roʻyxatdan oʻtkazish va yopish boʻyicha sarflar

$500 000 x 0,05 foiz = $250 x 3 500 soʻm = 875 000 soʻm

4

Chet el valyutasining konvertatsiyasi boʻyicha xarajatlar

$500 000 x 0,1 foiz = $500 x 3 500 soʻm = 1 750 000 soʻm;




Jami:

22 400 000 soʻm

Tikuv mashinalarini sotib olish bilan bogʻliq operatsiyalar «Toshmamat hoji» firmasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


1. Mol yetkazib beruvchi korxonaning bankida akkreditiv hisob vargʻini ochishni aks ettirish:
Debet 5510-«Akkreditivlar»-875 000 000
Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyoti-875 000 000
($500 000 x 3 500 soʻm = 1 750 000 000 soʻm x 50% = 875 000 000 soʻm);
2. Sotib olingan asosiy vositalarning toʻlovi bilan bogʻliq sarflar summasiga:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»,-22 400 000
Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyoti- 22 400 000
3. Tikuv mashinalarini xarid qiymati summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-1 750 000 000;
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar» schyoti-1 750 000 000;
($500 000 x 3 500 soʻm = 1 750 000 000 soʻm);
4. Tikuv mashinalarini tashish boʻyicha sarflar summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-28 000 000;
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»-28 000 000
($8 000 x 3 500 soʻm = 28 000 000 soʻm)
5. Bojxona toʻlovlari summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-52 500 000
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 52 500 000
($500 000 x 3 foiz x 3 500 soʻm = 52 500 000)
6. Oʻrnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash ishlari xarajati summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-300 000 000
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»-300 000 000
7. Tikuv mashinalarini foydalanishga topshirishni aks ettirish:
Debet 0130-«Mashina va uskunalar»-2 130 500 000
Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti-2 130 500 000
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlangich qiymati boʻlib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa. Masalan, «Xususiy korxona toʻgrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga oʻzi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Ma’shuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qoʻshiladigan pulsiz hissalarning puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi, jamiyatni ta’sis etish chogʻida aksiyaga toʻlanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi ta’sischilar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Agar jamiyatning shu yoʻsinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etsa, jamiyat aktsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi konsalting korxonasi belgilab berishi kerak.
Misol. «Toshmamathoji» firmasi 15-may 2016-yili «Toza xudud» korxonasidan shartnomaga muvofiq 1585000 ming soʻm qiymatga ega boʻlgan chiqindilarni qayta ishlab maishiy salafan paket ishlab chiqaradigan dastgohlar kompleksini sotib oldi. Shartnoma shartlariga koʻra «Toza xudud» korxonasiga 16 may kuni chiqindilarni qayta ishlab maishiy salafan paket ishlab chiqaradigan dastgohlar kompleksini 100 foiz qiymati toʻlovini amalga oshirdi. Sotib olinayotgan jihozlarini texnik va boshqa tavsiflarini baholagan «Avtomatika» MChJ korxonasiga koʻrsatgan xizmatlari uchun «Toshmamathoji» firmasi 500 ming soʻm xizmat haqi toʻladi. Sotib olinayotgan chiqindilarni qayta ishlab maishiy salafan paket ishlab chiqaradigan dastgohlar kompleksini ishchi holatiga keltirish bilan bogʻliq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi:
1. Dastgohlarni yuklash-tushirish ishlari 800 ming soʻm;
2. Avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 10000 ming soʻm;
3. Dastgohlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan firma ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 3000 ming soʻm;
4. Dastgohlar kompleksini oʻrnatish, sinovdan oʻtkazish 100 ming soʻm.
2016-yil 1-iyun kuni chiqindilarni qayta ishlab maishiy salafan paket ishlab chiqaradigan dastgohlar kompleksini ishga toʻshirish haqida «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnoma»si rasmiylashtirildi. Oʻrnatilgan dastgohlarning boshlangʻich qiymati-?
Yuqorida koʻrsatilgan operatsiyalar «Toshmamathoji» firmasi buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
1. Sotib olingan uskunalarning shartnoma bahosiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-1585000 ming soʻm,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»-1585000 ming soʻm.
2. Mol yetkazib beruvchiga uskunaning 100 foyiz qiymati summasiga:
Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar-1585000 ming soʻm,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»-1585000 ming soʻm.
3. Uskunani texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-500 ming soʻm,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»-500 ming soʻm.
4. Uskunani yetkazib berish, yuklab-tushirish sarflari va uni oʻrnatish va montaj qilish ishlari qiymatiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-10800 ming soʻm,
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti-10800 ming soʻm.
5. Uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil boʻlgan ekspeditorning xizmat safari xarajatlari summasiga:
Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish»-3000 ming soʻm
Kredit 4220-«Xizmat safariga berilgan boʻnaklar» 3000 ming soʻm
6. Sotib olingan va ishga tushirilgan uskunani ishlatishga qabul qilib olish:
Debet 0130-«Mashina va uskunalar» schyoti-
Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti-
Bank krediti hisobiga sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kreditdan foydalanish foiz xarajatlari kiritilmaydi va davr xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. Misol, faraz qilaylik, «Toshmamathoji» firmasi uskuna sotib olish boʻyicha bankdan har oyda yillik 36 foiz stavka boʻyicha uch yil muddatga kredit oldi. Bunda kredit boʻyicha toʻlanadigan foizlar firma buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Debet 9610-«Foiz koʻrinishdagi xarajatlar» schyoti,
Kredit 6920-«Oʻtkazilgan foizlar» schyoti.
Asosiy vositalarning ishga yaroqsizligi tufayli (toʻliq eskirganda) tugatilishi; yuqori tashkilotning koʻrsatmasiga binoan qaytarib olmaslik sharti bilan boshqa korxonalarga tekinga berilishi; ortiqcha deb hisoblangan asosiy vositalarni sotilishi; tabiiy ofatlar yoki oʻzlashtirishlar natijasida ularning kamomadlari buxgalteriya hisobida komissiya tomonidan tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan «Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi» ga asosan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni korxonadan chiqib ketishini buxgalteriya hisobida aks ettirishni quyidagi misollarda koʻrib chiqamiz.
Misol: Faraz qilaylik dastlabki (boshlangʻich) qiymati 986994 ming soʻm boʻlgan bino eskirib ishga yaroqsizligi tufayli tugatildi. Binoga uning xizmat muddati davomida oʻrnatilgan me’yorlar doirasida 986994 ming soʻm miqdorida eskirish hisoblangan.
Binoni buzish xarajatlari quyidagilarni tashkil qildi: binoni buzish uchun jalb qilingan yollanma ishchilarning ish haqi-12 000 ming soʻm, ish haqidan ijtimoiy sugʻurtaga ajratma-1 440 ming soʻm, binoni buzish uchun jalb qilingan pudratchi korxonani hizmat haqi-16 000 ming soʻm. Jami xarajatlar-29 440 ming soʻm
Binoni buzishdan quyidagi materiallar olindi:
1. Har xil oʻlchamdagi yogʻochlar va taxtalar 1 010 ming soʻm;
2. Shifer va turli oʻlchamdagi tunukalar 12 900 ming soʻm ;
3. Pishgan gʻisht 8 000 ming soʻm
4. Xom gʻisht 1 300 ming soʻm
Keltirilgan xoʻjalik jarayonlari quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Binoni buzish uchun jalb qilingan yollanma ishchilarning ish haqi summasiga: Debet 9210, Kredit 6710-12 000 000 soʻm;
2. Ish haqidan ijtimoiy sugʻurtaga ajratma summasiga: Debet 9210, Kredit 6520-1 440 000 soʻm;
3. Binoni buzish uchun jalb qilingan pudratchi korxonani hizmat haqiga: Debet 9210, Kredit 6710-16 000 000 soʻm;
4. Binoni buzishdan olingan materiallar summasiga: Debet 1090, Kredit 9210-23 210 000 soʻm.
9210-sintetik schyotining debet va kredit oborotlarini solishtirib tugatilgan asosiy vositalarni tugatish natijasi aniqlanadi. Agar 9210 schyotining debet oboroti uning kredit oborotidan koʻp boʻlsa, tugatish natijasida zarar olinganini bildiradi, agar 9210 schyotining debet oboroti uning kredit oborotidan kichik boʻlsa, tugatish natijasida foyda olinganini bildiradi.
Olingan foyda summasi debet 9210 kredit 9310 buxgalteriya oʻtkazmasi bilan asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar tarkibiga qoʻshiladi. Olingan zarar summasi debet 9430 kredit 9210 buxgalteriya oʻtkazmasi bilan davr xarajatlari hisobidan qoplanadi.
Asosiy vositalarni chiqib ketishining natijasi har bir chiqib ketayotgan asosiy vosita boʻyicha alohida aniqlanadi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə