«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə124/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   296
Moliyaviy hisob

Asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobi.

Asosiy vositalar harakatini buxgalteriyadagi sintetik hisobini olib borish uchun Buxgalteriya hisobining №21-“Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma” nomli milliy standartsida balansga nisbatan aktiv boʻlgan 0100-“Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar” nomli sintetik schyot belgilab berilgan. Bu schyotda asosiy vositalar alohida turlari yoki bir guruhga oid boʻlgan turlari boʻyicha hisobga olinadi. Shunga koʻra 0100-“Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar” schyotida quyidagi ikkinchi tartibli sintetik schyotlar nazarda tutilgan:


0110-“Yer”;
0111-“Yerni obodonlashtirish”;
0112-“Uzoq muddatli ijara shartnomasi bilan olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”;
0120-“Binolar, inshootlar va uzatuvchi qurilmalar”;
0130-“Mashina va jihozlar”;
0140-“Mebel va ofis jihozlari”;
0150-“Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
0160-“Transport vositalari”;
0170-“Ish va mahsuldor hayvonlar”;
0180-“Koʻp yillik oʻsimliklar”;
0190-“Boshqa asosiy vositalar”;
0199-“Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
Asosiy vositalarni foydalanishga qabul qilish komissiya tomonidan tuziladigan «Qabul-topshirish dalolatnomasi» bilan amalga oshiriladi. «Qabul-topshirish dalolatnomasi» asosiy vositalarni buxgalteriyadagi sintetik hisobini olib borishga asos boʻladi. Asosiy vositalarni foydalanishga qabul qilish ularning qaysi manba’lardan olinayotganligiga binoan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga kiritilgan asosiy vositalar summasiga:
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 4610-«Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari boʻyicha qarzi» buxgalteriya oʻtkazmasi bilan kirim qilib olinadi.
2. Kapital qoʻyilmalar yoʻli bilan qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar summasiga:
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 0800-“Kapital qoʻyilmalarni hisobga olib boruvchi schyotlar” schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
3. Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi:
Debet 0100-«Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 8530-«Tekinga olingan mulk» buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarni korxonadan chiqib ketishi komissiya tomonidan tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan «Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi» ga asosan tranzit schyot boʻlgan 9200-“Asosiy vositalarni va boshqa aktivlarni chiqib ketishini hisobga olish schyoti” nomli schyotga qoʻshimcha ochiladigan ikkinchi tartibli sintetik schyot boʻlgan 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi” schyotida hisobga olinadi.
Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalar boʻlishi mumkin:
1. Korxonadan chiqib ketayotgan asosiy vositalarning boshlangʻich qiymatiga:
Debet 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
Kredit 0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti;
2. Asosiy vositalarning eskirish summasiga:
Debet 0200-“Asosiy vositalarni eskirishini hisobga oluvchi schyotlar” schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”.
3 Asosiy vositalarni chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga:
-hisoblangan ish haqi summasiga:
Debet 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
Kredit 6710-“Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar”
-ijtimoiy sugʻurtaga ajratma summasiga;
Debet 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
Kredit 6520-“Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar”
-boshqa korxonalarga xizmatlari uchun berilgan summalarga;
Debet 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar”
-asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallar summasiga;
Debet 1090-“Boshqa materiallar”
Kredit 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
-Asosiy vositalarni sotishdan olingan tushumga;
Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti”
Kredit 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
-xaridorlarning qarzi summasiga;
Debet 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Kredit 9210-“Asosiy vositalarni chiqib ketishi”
Asosiy vositalarni foydalanishga qabul qilishni va ularni korxonadan chiqib ketishini buxgalteriya hisobida aks ettirishni quyidagi misollarda koʻrib chiqamiz. «Toshmamathoji» ishlab chiqarish tijorat koʻp tarmoqli xususiy firmasi (keyingi oʻrinlarda firma deyiladi) 2016-yil 8-yanvar kuni Rossiyalik xorijiy sherik bilan umumiy qiymati 500 000 AQSH dollar boʻlgan tikuv mashinalarini sotib olish boʻyicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varagʻiga oldindan oʻtkazishi kerak. Firma 2016-yil 15-yanvar kuni yetkazib beruvchining bankida akkreditiv hisobvaragʻini ochdi. Akkreditiv hisobvaragʻi ochilgan sanada dollarning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan soʻmga nisbatan belgilangan kursi boʻyicha 1 AQSH dollari 3500 soʻmni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvaragʻini ochish bilan bogʻliq xarajatlar oʻtkaziladigan valyuta summasining 0,1 foizini, akkreditiv oʻtkazish uchun bank hizmat haqi oʻtkazilgan summaning 1,0 foizini, kontraktni tayyorlash uchun konsalting xizmati koʻrsatuvchi korxona 150 AQSH dollarini, kontraktni roʻyxatdan oʻtkazish va yopish bilan bogʻliq xarajatlar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, milliy valyutani dollarga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet el valyutasi summasining 0,1 foiz miqdorida komission haq toʻlandi(6.3-jadval). 2016-yil 22-yanvar kuni tikuv mashinalari qabul qilib olindi. Tikuv mashinalarini tashib keltirish va boshqa sarflar 8 000 dollarni tashkil etdi. 2016-yil 25-yanvar kuni tikuv mashinalarining sotib olish qiymatidan 3 foiz miqdorida bojxona toʻloviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan soʻmga nisbatan oʻrnatilgan dollar kursi 1 dollar uchun 3500 soʻmni tashkil etgan. Tikuv mashinalarini oʻrnatish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari boʻyicha sarflar haqida pudratchi korxona 300 000 000 soʻmga toʻlov schyoti taqdim etdi. Tikuv mashinalari bilan jihozlangan tikuv fabrikasi 1-fevral kuni ishga tushirildi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə