«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Ayirboshlash yoʻli bilan olingan asosiy vositalar obyektini



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə119/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296
Moliyaviy hisob

8. Ayirboshlash yoʻli bilan olingan asosiy vositalar obyektini boshlangich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi - ayirboshlash yoʻli bilan olingan asosiy vositalar obyekti boshlangich qiymatlari bilan baholanadi. Ularning boshlangich qiymatlari asosiy vositaga oʻtkazilgan asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatiga teng. Agar asosiy vositalar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlansa, ularning boshlangich qiymati oʻtkazilgan asosiy vositalar obyektining ayirboshlanish chogida oʻtkazilgan (olingan) pul mablahlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng.
9. Majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablaglar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan asosiy vositalarni baholash - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablaglar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan asosiy vositalar boshlangich qiymatda baholanadi. Ularning boshlangich qiymati sifatida korxona tomonidan oʻtkazilgan yoki oʻtkazilishi lozim boʻlgan qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan oʻtkazilgan mavjud boyliklarning qiymati shunga oʻhshash mavjud boyliklar qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi
10. Qiymatini belgilash imkoniyati b Korxona tomonidan oʻtkazilgan yoki oʻtkaziladigan mavjud boyliklarning qiymatini belgilash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablaglar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha korxona olgan asosiy vositalarning qiymati shunga oʻhshash asosiy vositalar obyektlarini taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
11. Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlangich qiymati mazkur summani asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari boʻyicha asosiy vositalarning qiymati yoki tuzilgan bitimni amalga oshiruvchi taraflar oʻrtasidagi bitimda koʻrsatilgan aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlgan qiymatdir;

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə