«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari uning majburiyatlari, vazifalari va huquqlari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə108/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari uning majburiyatlari, vazifalari va huquqlari.
Oʻzbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunning 12-moddasiga binoan bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari deb tan olingan va bevosita buxgalteriya hisobi subyektining rahbariga boʻysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish boʻyicha talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari bilan buxgalteriya hisobi xizmati rahbari oʻrtasida ayrim xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan hujjatlar ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan buxgalteriya hisobi sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) bosh buxgalteri oliy ma’lumotga, ega boʻlishi, shuningdek, agar oliy iqtisodiy ma’lumotga ega boʻlsa, oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega boʻlsa, oxirgi oʻn kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq ish stajiga ega boʻlishi talab etiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bosh buxgalterlari har yili malaka oshirishdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunning 12-moddasining beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan korxonalarda buxgalteriya hisobini shartnoma asosida yuritadigan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga (buxgalteriga) nisbatan ham tadbiq etiladi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar bosh buxgalter boʻlishi mumkin emas.
Amaldagi qonunlarga binoan buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini (bosh buxgalterni, agar shtatlar jadvalida bunday lavozim koʻrsatilmagan boʻlsa, katta buxgalterni) lavozimga korxona rahbari tayinlaydi va ozod qiladi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari korxona rahbariga boʻysunadi va majburiyati doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Joriy yil uchun korxona hisob siyosatini shakllantiradi;

  • Korxona buxgalteriyasida hisob ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi;

  • Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, bevosita bajaradi;

  • Korxona mablagʻlari va ularning manbalarini hamda majburiyatlarining harakati bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini oʻz vaqtida, tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish ishlarini nazorat qiladi, sintetik va analitik hisobini tashkillaydi;

  • Moddiy javobgar shaxslar tomondan korxona mulklarini saqlanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan inventarizatsiya oʻtkazish asosida nazorat oʻrnatadi;

  • Moddiy javobgar shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni toʻgʻriligi, haqqoniyligi hamda ularning ish faoliyatlari ustidan nazorat oʻrnatadi;

  • Buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob ishlarini sifatli tashkillanayotganligini nazorat qiladi, zaruriyat boʻlganda bu ishlarni oʻzi shaxsan bajaradi;

  • Ichki va tashqi auditni tashkillaydi va boshqaradi;

  • Korxona majburiyatlarini bajarilishi qonuniyligi ustidan nazorat oʻrnatadi;

  • Buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi va hisob ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlaydi;

  • Buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  • Hujjat aylanish jadvalini ishlab chiqadi va uni bajarilishini nazorat qiladi;

  • Ishlatilgan hujjatlarni, hisob registrlarini va moliyaviy hisobotlarni idoraviy va davlat arxiviga topshirish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, zaruriyat boʻlganda bevosita bajaradi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  • Mas’ul shaxslardan xoʻjalik operatsiyalari rasmiylashtirilgan hujjatlarni, hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilib olish1;

  • Imzo qoʻyish2;

  • Moddiy javobgar shaxslarni, xususan, kassirni, ombor mudirlarini lavozimga tayinlashda (ishga olishda), ishdan boʻshatishda va boshqa ishga oʻtkazishda fikr bildirish;

  • Kichik korxonalarda, mikro firmalarda va xodimlari koʻp boʻlmagan boshqa korxonalarda lavozimlar jadvalida kassirlik lavozimi nazarda tutilmagan boʻlsa, bu vazifani korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bajarish;

  • Qonunchilikka zid va moliya-kredit intizomini buzishga olib keladigan hujjatlarni bajarishga qabul qilmaslik;

  • Qonun talablari buzilishiga olib keladigan operatsiyalar amalga oshirilganligini aniqlagan taqdirda, korxona rahbariga bu haqida yozma xabar berish.

Korxona buxgalteriyasi tarkibiga kiradigan boʻlinmalarda (tsexlar, alohidalangan xoʻjalik boʻlinmalari, filiallar va boshqalar) faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bosh buxgalterga boʻysunadi. Hisob ishlarini bajarish boʻyicha bosh buxgalterni topshirigʻini buxgalteriyani barcha xodimlari bajarishga majbur. Amaldagi qonunchilikka zid tarzda tuzilgan boshlangʻich hujjatlarni bosh buxgalter qabul qilmaydi. Agarda qonunga zid boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisida korxona rahbari yozma koʻrsatma bersa, bosh buxgalter buni bajarishga majbur. Lekin qonun hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda yuqori tashkilotga yoki davlatning tegishli nazorat idoralariga xabar berishi kerak. Bunda amalga oshirilgan operatsiyalarni noqonuniyligiga javobgarlik korxona rahbariga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari xizmat vazifasini umuman yoki sidqidildan bajarmagan taqdirda harakatdagi qonunlar doirasida javobgardir, jumladan:

  • Buxgalteriya hisobini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan soliq siyosati talablarini bajarmaslik, yoki, daromadlarni, xarajatlarni va soliq ob’yektlarini hisobga olishda yoʻl qoʻygan xatoliklari uchun soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar;

  • Buxgalteriya hisobini olib borishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan idoralar talabidan boʻyin tovlaganda hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻshib yozishlarga yoʻl qoʻyganda yoki hisobotlarni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda taqdim etmaganda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari ishdan ozod etilganda, buxgalteriya hisobiga tegishli boʻlgan barcha hujjatlar yigʻma jildlarini yangi tayinlangan bosh buxgalterga, yoki korxona rahbari buyrugʻi bilan tayinlangan xodimga dalolatnoma bilan topshiriladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə