«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Oʻzini-oʻzi tekshirish uchun savollar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə107/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   296
Moliyaviy hisob

Oʻzini-oʻzi tekshirish uchun savollar

1. Moliyaviy va boshqaruv hisobi tushunchalarini tushuntirib bering?


4. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslarini gapirib bering?
5. Buxgalteriya hisobini isloh qilish zaruriyati nima bilan izohlanadi?
6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda moliyaviy hisobning tutgan oʻrni hamda vazifalari nima bilan izohlanadi?
7. Boshqaruv tarkibi bir qanday omillarga bogʻliq?
7. Buxgalteriya apparati xodimlarini shakllantirishni gapirib bering?
8. Buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini izohlab bering?
9. Buxgalterlar faoliyatini rejalashtirishni gapirib bering?
10. Iqtisodiy axborotlarni hisobga olish texnikasi qanday ishlarni bajarish bilan izohlanadi?
11. Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobini tartibga solish bilan qaysi idora shugʻullanadi?
12. Korxonada buxgalteriya hisobiga kim rahbarlik qiladi, uning huquq va majburiyatlarini gapirib bering?
13. Buxgalteriya hisobining asosiy me’yoriy hujjatlarini sanab bering?
14. Markazlashgan buxgalteriyani tavsiflab bering?


21- Ma’ruza: Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish.


Reja:
1. Buxgalteriya hisobi subyekti rahbarining huquqlari va majburiyatlari.
2. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari uning majburiyatlari, vazifalari va huquqlari.
3. Hisob siyosati, uning mohiyati, mazmuni va ahamiyati.


Buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining huquqlari va majburiyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunning 11-moddasida koʻrsatilishicha buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:

  • Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  • Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;

  • Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish;

Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbarini majburiyatlari:

  • Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqishni tashkillash;

  • Ichki nazorat tartibini nazorat qilish;

  • Buxgalteriya hisobi toʻliq va ishonchli yuritilishini nazorat qilish;

  • Hisob hujjatlarining but saqlanishini nazorat qilish;

  • Soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarning oʻz vaqtida toʻgʻri tayyorlashni ta’minlash;

  • Boshqa korxonalar va korxona ichida sodir boʻladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Oʻzbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunning 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlash.




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə