«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Rossiyada hisob Yevropaning buxgalteriya gʻoyalari ta’sirida



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə8/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296
Moliyaviy hisob

Rossiyada hisob Yevropaning buxgalteriya gʻoyalari ta’sirida shakllanadi va rivojlandi.
XIX asrning birinchi yarmida rossiya maktabida buxgalteriya hisobi fan sifatida barpo boʻlgan. Ushbu maktab K.I.Arnold, I.A.Axmetov, E.A.Mudrov, I.S.Vavilov, Ye.E.Sivers, shuningdek, E.K.Gilde, M.X.Jebrak, N.A.Blatov, F.V.Ezerskiy, A.P.Rudanovskiylar ham ulkan hissa qoʻshganlar.

Oʻtmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida ahamiyat berishgan.


Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita boʻlganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday deyilgan:
«... har oʻlkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun boʻlib, undan yigʻiladigan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin.
Soliq miqdori, soliq toʻlovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yigʻilgan mablagʻni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim boʻlgan mablagʻ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yoʻqolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yoʻl bilan yigʻilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin».
Demak, bizning mamlakatimiz tarixida ham hisob, hisobot va nazorat ishlari taraqqiy etgan deyishimizga asos mavjud.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov, X.N.Musaev, A.S.Sotiboldiev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar.


1.Hisob deganda nimani tushunasiz?
2. Hoʻjalik hisobi deganda nimani tushunasiz?
3. Korxonalarni boshqarishda xoʻjalik hisobining oʻrni nimalardan iborat?
4. Operativ (tezkor) hisob deganda qanday hisob tushuniladi?
5. Statistik hisob qanday ma’lumotlarni hisobga oladi?
6. Buxgalteriya hisobi deb nimaga aytilari?
7.Xoʻjalik mablagʻlarini va jarayonlarini hisobda aks ettirish uchun qanday oʻlchov birliklaridan foydalaniladi?


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə