«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə5/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning xoʻjalik faoliyati ustidan uzluksiz va oʻzaro bogʻliq boʻlgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xoʻjalikda mavjud boʻlgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablagʻlarining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xoʻjalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator koʻrsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha oʻlchovlar - natura, mehnat va pul oʻlchovlari qoʻllaniladi. Lekin unda pul oʻlchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul oʻlchovida buxgalteriya hisobining barcha ob’yektlari, garchi ular natura va mehnat oʻlchovlarida aks ettirilgan boʻlsa ham, albatta, pul oʻlchovida ifodalanadi.
Pul oʻlchov birligi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablagʻlari hajmi,
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, koʻzda tutilmagan xarajatlar,
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, marjinal
foyda va shu kabilar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning xujjatlarida barcha xoʻjalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha
xoʻjalik jarayonlarining toʻla tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yigʻma yakunlangan koʻrsatkichlarni olish uchun yigʻilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu
usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xoʻjalik faoliyatini uzluksiz va oʻzaro bogʻlangan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator koʻrsatkichlari umumlashgan koʻrinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi. Umumlashgan koʻrsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda koʻpincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun oʻlchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini oʻz ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ishlatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat boʻladi.
Xoʻjalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol oʻynaydi. Hisobning oʻzaro chambarchas bogʻlangan uchta turi xalq xoʻjalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning toʻgʻri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə