«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Hisob turlarida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə6/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Moliyaviy hisob

Hisob turlarida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari.
Xoʻjalik mablagʻlarini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun natura, mehnat va pul oʻlchovlaridan foydalaniladi.
Natura oʻlchovlar – hisob obyektlarini ogʻirlik, hajm, uzunlik, maydon va boshqa oʻlchovlarda ifodalash uchun qoʻllaniladi.
Bunday oʻlchovlar xoʻjalik mablagʻlarining saqlanishini hamda xoʻjalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi. Natura oʻlchovlar bir xildagi xoʻjalik mablagʻlarini hisobga olishda qoʻllaniladi. Turli xil natura koʻrsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun ham xar xildagi xoʻjalik mablagʻlarini tavsiflovchi umumlashgan ma’lumotlarni olishda bunday koʻrsatkichlardan foydalanib boʻlmaydi.
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun mehnat oʻlchovidan foydalaniladi. Mehnat oʻlchovlari – kun, soat, daqiqalarda ifodalanadi. Mehnat oʻlchovlari koʻp hollarda natura oʻlchovlari bilan birga qoʻllaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchilarning normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini oʻrganishda va hokazolarda qoʻllaniladi.
Turli xildagi xoʻjalik mablagʻlarini, xoʻjalik ehtiyojlarini, hisoblashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda xoʻjalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda pul oʻlchovi qoʻllaniladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablagʻlardan juda tejab foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bevosita hamda chambarchas bogʻliqdir.
Pul oʻlchovi koʻpincha natura va mehnat oʻlchovi bilan birga qoʻllaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash uchun esa, ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun toʻlanadigan haq summasini bilish zarur.


Buxgalteriya hisobining paydo boʻlishi va tarixiy rivojlanishi. Buxgalteriya hisobining maktablari haqida.
Bundan 6 000 yil muqaddam hisob amaliy faoliyat sifatida, hisobchilik sifatida, xoʻjalik jarayonini tushunish vositasi sifatida vujudga kelgan, yillar davomida takomillashib bordi. 500 yil muqaddam adabiy muhokama predmeti, adabiy tilning bir qismi sifatida shakllangan. Yaqin 100 yildan buyon u mustaqil fan – Hisobshunoslik, ya’ni hisobni tushinish vositasi, «biznesning tili» sifatida mavjud.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə