«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Xoʻjalik hisbining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə3/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Moliyaviy hisob

Xoʻjalik hisbining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi.

Mamlakatimizdagi ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning serqirra moliya-xoʻjalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun har xil hisob turlaridan foydalaniladi. Bular asosan tezkor (operativ), statistik va buxgalterlik hisob turlaridir.


Ularning har biri oʻz predmetiga mos boʻlgan hisob obyektlariga va mazkur predmetni oʻrganadigan oʻz uslubi(metodi)ga ega boʻlganliklari bois mustaqildirlar. Ayni vaqtda ulardan har birining mustaqilligi oʻzaro bogʻliqlik va bir-birini taqozo qilishidan mustasno emas.
Shuni ham e’tiborga olish lozimki, buxgalteriya hisobi oʻz navbatida 2 ga moliyaviy va boshqaruv hisobiga boʻlinadi. Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o‘rganish va kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ma’lumotlami ya’ni, o'tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir.
Operativ (tezkor) hisob- ayrim xoʻjalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir boʻlayotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi boʻlib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy boʻlinmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xoʻjalik hodisalarni oʻz ichiga olib, asosan ishlab
chiqarish - texnika xususiyatidagi koʻrsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Operativ hisobda oʻlchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat oʻlchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan koʻrsatkichlar talab qilinmaganligi sababli, unda moddiy, mehnat oʻlchov birliklaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xoʻjalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak boʻladi. Shuning uchun operativ hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yoʻl bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yoʻli bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yoʻllar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik oʻlchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday tashkil qilish xoʻjalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki
ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan ob’yektlarda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ
hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada toʻgʻri boʻlishi kerak, zeroki, unga qarab sodir boʻlgan oʻzgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz boʻlgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin boʻlsin.
Operativ hisob korxonaning har xil boʻlinmalari - boʻlimlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi. Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda boʻyicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishsi boʻyicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zahirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati, xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa boʻlinmalar xodimlari undan ma’lum xoʻjalik qismidagi topshiriqlarning bajarilishini borishi haqidagi ma’lumotlar olishadi. Operativ hisobdan ishlab chiqarish boʻlinmalarida sodir boʻlayotgan operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng foydalaniladi. Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruvchi tizimlarda ham foydalaniladi.
Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning koʻrsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xoʻjaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil yigʻishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə