«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-Mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va tavsifi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə9/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296
Moliyaviy hisob

2-Mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va tavsifi.

Reja:


  1. Buxgalteriya hisobi fani predmetini umumiy tavsifi.

  2. Xoʻjalik mablagʻlari va ularni paydo boʻlish manbalari.

  3. Buxgalteriya hisobining maqsad va vazifalari.

  4. Buxgalteriya hisobining funksiyalari.



Buxgalteriya hisobi fani predmetini umumiy tavsifi.
Ma’lumki, u yoki bu sohani oʻrganuvchi har bir fan oʻz predmeti, ya’ni oʻrganiladigan obyektlariga va uslubi, ya’ni shu predmetni oʻrganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega boʻlishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmogʻi sifatida oʻz predmeti va uslubiga ega.
Korxonalarda xoʻjalik, jarayonlari amalga oshirilishi uchun ular mahlum turdagi mablagʻlarga ega boʻlishi kerak. Bunday mablagʻlarga imoratlar, inshoatlar, asbob-uskunalar, materiallar, pul mablagʻlari va xokazolar kiradi. Bu mablagʻlarning xar biri xoʻjalik jarayonida turli funksiyalarni bajarishi bilan birga xar xil joylashgan, shuningdek, turli manbalardan tashkil topgan boʻladi. Shuning uchun ham xoʻjalik jarayonida ayrim turdagi xoʻjalik mablagʻlarining tutgan oʻrnini, tarkibini, xususiyatini va funktsional rolini oʻrganish ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Buxgalteriya xisobi eng zamonaviy va kerakli kasb ekan, u nimalarni oʻrganadi, nimalarni hisobga oladi? Bu savolga javob berish uchun uning predmeti va obyektlarini oydinlashtirishimiz kerak. Buxgalteriya hisobi predmeti - bu mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish xoʻjalik faoliyatidir. Ma’lumki, ishlab chiqarish, yoki umuman xoʻjalik faoliyatini agar mehnat vositalari, mehnat buyumlari va ishchi kuchi boʻlmasa, umuman yuritib boʻlmaydi.
Shu obyektlar yordamida esa xoʻjalik faoliyatining tahminot, ishlab chiqarish, sotish kabi jarayonlari tashkil qilinadi. Buxgalteriya hisobi esa korxona mablaglari, ya’ni mehnat vositalari , mehnat buyumlari, ishchi kuchi bilan bogʻliq xarajatlarni, bir tomondan, ta’minot, ishlab chiqarish va sotish bilan bogliq xoʻjalik jarayonlarini ikkinchi tomondan hisobga oladi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə