Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238
KL-МHХS


 
2008-yilda Amerika ijtimoiy diplomli buxgalterlar instituti – AICPA, o„z 
“Axloq kodeksi”da MHXSKni buxgalteriya standartlarini belgilovchi tashkilot 
sifatida tan oldi. 

 
2009-yilda MHXSK davlatlar va davlatlararo tashkilotlar vakillaridan iborat 
Kuzatuv kengashini ta‟sis etdi. 

 
2010-yilda Vasiylar ikkinchi marta Nizomni qayta ko„rib chiqdilar. Oldingi 
BHXSQ Fondi nomi MHXSQ Fondi nomiga o„zgartirildi.
Bundan tashqari, o„tkazilgan islohotlardan so„ng, Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari qo„mitasining tarkibiga MHXS Fondi va MHXS Kengashi 
(keyingi matnda Kengash) kiritildi. Bundan tashqari, uning tarkibida Standartlar 
bo„yicha maslahat kengashi (IFRS Advisory Council), Standartlar bo„yicha Sharh 
berish bo„yicha qo„mita (IFRIC, IFRS) hamda MHXSni joriy etish bo„yicha tezkor 
xizmat faoliyat yuritadi.
Yangi tashkil topgan MHXS qo„mitasining tarkibiy tuzilishi 1-chizmada 
keltirilgan. 
O„tkazilgan islohotlardan so„ng standartlar Kengash tomonidan ishlab chiqiladi 
va qabul qilinadi. Bugungi kunga qadar Kengash tomonidan 13 ta yangi standart 
(International Financial Reporting Standards – IFRS) ishlab chiqilgan va amaliyotga 
joriy etilmoqda. 
Kengash 16 a‟zoga ega bo„lib, MHXS Fondiga hisobdor hisoblanadi.
MHXS fondi – xususiy sektorning jamiyat manfaatlari maqsadida ishlaydigan, 
mustaqil, notijorat tashkilot bo„lib, uning asosiy maqsadi:
– MHXS standartlarni o„rnatuvchi idora ‒ Kengash tomonidan yuqori sifatli, 
tushunarli, amalda kuchga ega va xalqaro miqyosda tan olingan moliyaviy 
hicobotning xalqaro standartlari yagona to„plamini ishlab chiqish;
– ushbu standartlarning joriy etilishi va qat‟iy qo„llanilishini ilgari surish; 
– rivojlanayotgan mamlakatlar hamda kichik biznesning moliyaviy hisobot 
bo„yicha ehtiyojlarini hisobga olish;
– Kengash tomonidan chiqariladigan standart va izohlar bo„lmish Moliyaviy 
Hisobotning Xalqaro Standartlarini milliy standartlar va MHXSni konvergensiyasi 
(birlashishi) orqali ilgari surish va ularning qabul qilinishini jadallashtirishdan iborat. 


10 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə