Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari


Стандартларни ишлаб чиқиш



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   238
KL-МHХS

Стандартларни ишлаб чиқиш
МҲХСни жорий этиш бўйича тезкор хизмати 
МҲХС фонди 


11 
- zarur holatlarda ommaviy ma‟lumotlarni olish va aniq vaziyatlarda testlar 
o„tkazish; 
- MHXSQ a‟zolarining kamida 8 ovozi bilan standartni tasdiqlash; 
- standartni qabul qilishda qo„llanilgan asoslar va standart loyihasi bo„yicha 
olingan sharhlar muhokamasi yoritilgan holda nashr qilish.
MHXS Fondi faoliyatini boshqarish va moliyalashtirilishini ta‟minlash uchun 
javobgar MHXS (IFRS Foundation Trustees) Fondi vasiylari (keyingi matnda 
Vasiylar) tomonidan amalga oshiriladi. Vasiylar oshkora ravishda davlat 
idoralarining monitoringi bo„yicha Kengashiga hisob beradilar. Shuningdek, ular 
MHXS Fondining bilan xalqaro kapital bozorini tartibga soluvchi organlar bilan 
rasmiy hamkorligini ta‟minlaydi.
Bundan tashqari, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini yaratish o„ta 
muhim va murakkab vazifa hisoblangani sababli quyidagi besh nufuzli xalqaro 
tashkilot ham uning faoliyatida faol ishtirok etmoqda. 
1.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNO) qoshidagi xalqaro hisob va hisobot 
standartlari bo„yicha “Hukumatlararo ekspertlar guruhi”. 
2.
Iqtisodiy hamkorlik rivojlanish tashkiloti (OECD). 
3.
Yevropa Ittifoqi - European Union (EU). 
4.
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi - International Federation of Accountants 
(IFAC). 
5.
Qimmatli qog„ozlar va birjalar bo„yicha Komissiya xalqaro tashkiloti 
(IOSCO). 
2012-yildan boshlab Vasiylar jahonning barcha mamlakatlari vakillarini 
qamrab olish maqsadida Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo/Okeaniya va boshqa 
barcha qolgan dunyo regionlariga bo„lingan holda faoliyat yuritishmoqda.
Yuqoridagi dalillarga asosan aytishimiz mumkinki, 2001-yildagi Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari qo„mitasida o„tkazilgan islohotlar natijasida 
BHXSning nomi MHXSga o„zgartirildi. Shunga mos ravishda qo„mitaning nomi ham 
o„zgargan. Bu esa, ayrim iqtisodchi olimlarimiz tomonidan BHXS va MHXSlarni 
alohida standartlar sifatida xato talqin qilinishiga sabab bo„lmoqda. BHXS va MHXS 
yagona standartlar bo„lib, bugungi kunda ular – quyidagilardan iborat: 
a) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari; 
b) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; 
d) MHXSlarni sharxlash bo„yicha qo„mita (MHXSShQ) tomonidan chiqarilgan 
sharhlar; 
e) Sharhlash bo„yicha doimiy qo„mita (ShDQ) tomonidan chiqarilgan sharhlar. 
Bu yerda yana shuni ta‟kidlash lozimki, Moliyaviy hisobotning konseptual 
asosi standart hisoblanmaydi. Konseptual asos moliyaviy hisobotni tayyorlash va 
taqdim qilish asoslarini tashkil qiluvchi qoidalarni belgilaydi, ya‟ni: 
- Kengashga yangi standartlarni ishlab chiqish va amaldagi standartlarni qayta 
ko„rib chiqishda yordam beradi; 
- buxgalteriya hisobi bo„yicha muqobil yondashuvlarni kamaytirish va ularni 
uyg„unlashtirish uchun asoslar bilan ta‟minlaydi;


12 
- auditorlarga moliyaviy hisobotning MHXSga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi 
to„g„risidagi xulosani shakllantirishda yordam beradi; 
- moliyaviy hisobot tayyorlovchi xo„jalik subyektlariga MHXSni qo„llashda 
yordam beradi. 
Fikrimizcha, MHXSQda amalga oshirilgan islohotlardan yana bir maqsad, 
shakl bilan mazmunni moslashtirishdan iborat bo„lgan. Ma‟lumki, buxgalteriya hisobi 
hisob davri bilan bog„liq barcha jarayonlar, ya‟ni buxgalteriya hisobiga oid 
ma‟lumotlarni dastlabki tan olish, zarur hollada ularni birlamchi hujjatlarda 
rasmiylashtirish, ma‟lumotlarni hisobvaraqlar va hisob reestrlarida qayd etish va 
moliyaviy hisobot tayyorlash bosqichlarini qamrab oladi. Albatta, foydalanuvchiga 
moliyaviy hisobot taqdim etildi. Shu bois, MHXSQ asosan, moliyaviy hisobotga 
nisbatan talablar belgilaydi. Lekin bundan standartlar birlamchi hujjatlar, 
hisobvaraqlar va hisob reestrlarini inkor qiladi deb xulosa qilish noto„g„ri. Masalan, 
transformatsiya usulida milliy hisobotni MHXSga o„girishda hisobvaraqlarda 
yig„ilgan ma‟lumotlardan foydalanishning o„zi ham yuqorida aytilgan fikrni 
tasdiqlaydi. Birlamchi hujjatlardagi ma‟lumotlarsiz, nafaqat moliyaviy hisobot, balki 
oddiy hisobchilikka asoslangan hisobotlarni ham tuzish mumkin emas.
Hozirda MHXS – buxgalteriya hisobining xalqaro etaloni hisoblanadi, Xalqaro 
kapital bozorining o„zaro bog„liqligini inobatga olgan holda Moliyaviy Barqarorlik 
Forumi (Financial Stability Forum) tomonidan MHXS global iqtisodiyotning 
barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur 12 ta global standartning biri sifatida tan 
olindi. Shu sababli, MHXSni qabul qilayotgan mamlakatlar kundan-kunga ko„payib, 
u 150 dan ortiq kasbiy uyushmalarni qamrab oldi. Jumladan, O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015-yillarda respublika 
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori 
xalqaro reyting ko„rsatkichlariga erishishning ustuvor yo„nalishlari to„g„risida”gi PQ-
1438-sonli qaroriga muvofiq, bank-moliya tizimi buxgalteriya hisobi va hisobotini 
to„liq MHXSga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. 
Iqtisodiy adabiyotlarda “Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari” va 
“Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari” kabi atamalar yoki shu nomdagi mavzularda 
ilmiy maqolalar berilmoqda. Ayrim olimlar ularni aynan bir xil standartlar deb 
baholasa, ayrimlari esa ularni o„zaro farq qiluvchi turli standartlar, deb talqin 
qiladilar. Qolaversa, ularning mohiyati to„g„risida ham turlicha fikrlar mavjud.
Standart inglizcha so„z bo„lib, o„zbek tilida me‟yor, namuna yoki o„lcham 
ma‟nosini anglatadi. Shuningdek, u o„xshash obyektlarni taqqoslash uchun asos 
hisoblangan etalon sifatida ham e‟tirof etiladi. Standart so„zining huquqiy ma‟nosi 
esa, ma‟lum obyektga nisbatan qo„llanuvchi me‟yor, qoida va talablar majmuyi 
mujassamlashgan rasmiy me‟yoriy hujjatdir. 
Yuqoridagi standart so„zining lug„aviy va huquqiy mazmunlaridan kelib 
chiqib, “Buxgalteriya hisobi standartlari”ga buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi 
aniq qoidalar to„plami deb ta‟rif berishimiz mumkin. “Qoida” so„zi qonun 
hujjatlarida belgilangan qat‟iy normalar yoki jamoatchilik tomonidan qabul qilingan 
asosiy tamoyillar bo„lishi mumkin. Standart buxgalteriya hisobi obyektiga yoki 
moliyaviy hisobot elementiga nisbatan aniq talablar o„rnatishi bilan, u buxgalteriya 


13 
hisobining umumiy yo„nalishlarini belgilovchi buxgalteriya hisobi modellaridan farq 
qiladi. 
Jahon olimlari tomonidan Standartlar, Buxgalteriya hisobining nazariy 
asoslarini yoritadi, Standartlar to„plami esa buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izoh 
berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni 
tuzish qoidalari bo„lib, umumqabul qilingan tamoyillarni aks ettiradi, deb 
hisoblashsa, Alan Pizzey (Rossiya Federatsiyasi Buxgalteriya hisobini isloh qilish 
xalqaro markazi) moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish uchun 
ishlatiladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi standarlaridir, deb xulosa 
bergan.
Ko„rinib turibdiki, olimlar o„rtasida “Buxgalteriya hisobi standarlari”ning 
mohiyatini yoritish bo„yicha jiddiy ziddiyatlar mavjud emas. 
Ma‟lumki, Buxgalteriya hisobi standarlari milliy va xalqaro standartlarga 
bo„linadi. Barcha mamlakatlarda buxgalteriya hisobini to„g„ri va aniq yuritish 
maqsadida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar, ya‟ni milliy 
standartlar ishlab chiqilgan. Jumladan, bizning respublikada 1996 yildan beri 
“Buxgalteriya hisobi to„g„risida”gi qonun hamda O„zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan qabul qilingan 24 ta “Milliy standart”lar amal qilib turibdi.
Global integrallashgan iqtisodiyot sharoitida turli mamlakat xo„jalik 
subyektlari, banklari va boshqa moliyaviy korporastiyalar o„rtasida iqtisodiy aloqalar 
o„rnatiladi. Bu esa, xalqaro hamkorlikdagi subyektlar bir-biriga zid kelmaydigan bir 
xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun yagona “biznes 
tili”ga bo„lgan xalqaro standartlar yaratish talab etiladi.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə