Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238
KL-МHХS

Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo‗llash Dastlabki 
ma‘lumotlar ―A‖ tadbirkorlik subyektining MHXS bo‗yicha birinchi hisobot 
davrining oxiri 2015-yil 31-dekabriga to‗g‗ri keladi. ―A‖ tadbirkorlik subyekti ushbu 
moliyaviy hisobotlaridagi qiyosiy ma‘lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga 
qaror qildi. Shuning uchun, uning MHXSlarga o‗tish sanasi 2014-yilning 1- 
yanvarida ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013-yilning 31-dekabrida ish 
kuni oxiriga) to‗g‗ri keladi. ―A‖ tadbirkorlik subyekti o‗zining moliyaviy 
hisobotlarini, 31-dekabrda yakunlanadigan va 2014-yil 31-dekabrigacha bo‗lgan 
(shu jumladan 2014-yilning 31-dekabrini ham o‗z ichiga olgan) har yili uchun uning 
oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillariga (BHUTga) 
muvofiq taqdim etgan.
Talablarni qo‗llash ―A‖ tadbirkorlik subyekti 2015-yilning 31-dekabrida 
tugaydigan davrlar uchun amalda bo‗lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni 
quyidagilarga nisbatan qo‗llashi lozim: (a) 2014-yilning 1-yanvar holatiga MHXS 
bo‗yicha moliyaviy holat to‗g‗risidagi boshlang‗ich hisobotni tayyorlashda va taqdim 
etishda; va (b) 2015-yil 31-dekabr holatiga moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotni 
(shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma‘lumotlarni), 2015-yil 31-dekabrda 
yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to‗g‗risidagi hisobot, kapitaldagi 


16 
o‗zgarishlar to‗g‗risidagi hisobotni va pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobotni 
(shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma‘lumotlarni) hamda ochib beriladigan 
ma‘lumotlarni (shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma‘lumotlarni) tayyorlashda va 
taqdim etishda.
Agar yangi MHXSning qo‗llanishi shart bo‗lmasa, lekin muddatidan oldin 
qo‗llanishiga ruxsat etilsa, ―A‖ tadbirkorlik subyektiga ushbu MHXSni uning MHXS 
bo‗yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qo‗llash ruxsat etiladi, lekin talab 
etilmaydi.
Boshqa MHXSlardagi o„tish davriga oid maxsus talablar MHXSlarni 
qo„llovchi tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlariga kiritiladigan 
o„zgarishlarga nisbatan qo„llaniladi; ular MHXSlarni birinchi marta qo„llaydigan 
tadbirkorlik subyektining MHXSlarga o„tishiga nisbatan qo„llanilmaydi. 
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi 
boshlang„ich hisobotida: 
(a) MHXSlar bo„yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va 
majburiyatlarni tan olishi kerak; 
(b) MHXSlar tan olinishini ruxsat etmaydigan aktiv va majburiyatlarni tan 
olmasligi kerak; 
(v) oldingi BHUTga ko„ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida 
tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi 
sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; 
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni 
qo„llashi kerak. 
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi 
boshlang„ich hisobotida qo„llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo„yicha 
xuddi shu sanaga qo„llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning 
natijasida yuzaga keluvchi tuzatishlar MHXSlarga o„tish sanadan oldin ro„y beruvchi 
operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo„ladi. Shu bois, tadbirkorlik subyekti 
ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o„tish sanasida to„g„ridan-to„g„ri taqsimlanmagan 
foydada (yoki, o„rinli bo„lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak. 
Ushbu MHXS tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha moliyaviy holat 
to„g„risidagi boshlang„ich hisoboti hamma MHXSlarga muvofiq bo„lishi talabidan 
ikkita toifadagi mustasno holatlarini belgilaydi: 
(a) MHXSlarning ba‟zi jihatlarining retrospektiv qo„llanilishiga yo„l 
qo„ymaydi. 
(b) boshqa MHXSlarning ba‟zi talablaridan ozod qiladi. 
Boshqa MHXSlarni retrospektiv qo„llashdan istisnolar. Mazkur MHXS boshqa 
MHXSlarning ayrim jihatlarini retrospektiv tarzda qo„llashni ta‟qiqlaydi.
Taxminiy baholovlar.Tadbirkorlik subyekti tomonidan MHXSlarga o„tish 
sanasida MHXSlarga muvofiq qilingan taxminiy baholovlari ushbu sanada oldingi 
BHUTlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni 
aks ettirish uchun tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu 
taxminiy baholashlar noto„g„ri ekanligiga obyektiv dalil bo„lmasa. 


17 
Tadbirkorlik subyekti oldingi BHUTlar bo„yicha qilingan taxminiy 
baholovlarga tegishli ma‟lumotlarni MHXSlarga o„tish sanasidan keyin olishi 
mumkin. 
Tadbirkorlik subyekti bunday ma‟lumot olinishini BHXS 10-“Hisobot 
davridan keyingi hodisalar” ga muvofiq hisobot davridan keyingi tuzatishlar 
kiritilishini talab qilmaydigan hodisalar kabi hisobga olishi kerak. Masalan, 
tadbirkorlik subyektining MHXSlarga o„tish sanasi 2014-yilning 1-yanvari va oldingi 
BHUTlarga muvofiq 2013-yilning 31-dekabrida qilingan taxminiy baholashning 
qayta ko„rib chiqilishini talab etuvchi yangi ma‟lumot 2014-yilning 15-iyulida 
olingan deb faraz qilaylik.
Tadbirkorlik subyekti ushbu yangi ma‟lumotni o„zining MHXSlar bo„yicha 
moliyaviy holat to„g„risidagi boshlang„ich hisobotida aks ettirmasligi kerak (agar 
taxminiy baholovlar hisob siyosatlaridagi har qanday farqlar bo„yicha tuzatishlar 
kiritilishini talab etmasa yoki taxminiy baholovlar noto„g„ri ekanligini ko„rsatuvchi 
obyektiv dalillar bo„lmasa). Aksincha, tadbirkorlik subyekti yangi ma‟lumotni 2014- 
yilning 31-dekabrda yakunlanadigan yil uchun foyda yoki zararda (yoki, o„rinli 
bo„lsa, boshqa umumlashgan daromadda) aks ettirishi kerak. 
Tadbirkorlik subyekti tomonidan MHXSlarga o„tish sanasida oldingi 
BHUTlarga muvofiq talab qilinmagan taxminiy baholovlar ushbu sanada MHXSlarga 
muvofiq qilinishi talab etilishi mumkin. 10-sonli BHXSga mos kelish maqsadida, 
ushbu MHXSlarga muvofiq taxminiy baholovlar MHXSlarga o„tish sanasida mavjud 
bo„lgan shart-sharoitlarni aks ettirishi kerak. Xususan, ushbu MHXSlarga o„tish 
sanasida bozor narxlarining, foiz stavkalarining yoki valyuta kurslarining taxminiy 
baholanishi ushbu sanadagi bozor shart-sharoitlarini aks ettirishi kerak. 
MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi boshlang„ich hisobotiga nisbatan 
qo„llaniladi. Shuningdek, ular tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha birinchi 
moliyaviy hisobotlarida qamrab olingan qiyoslanadigan davrga nisbatan qo„llaniladi. 
Bunda MHXSlarga o„tish sanasiga havolalar ushbu qiyoslanadigan davr oxiriga 
havolalar bilan almashtiriladi. 
Boshqa MHXSlar talablaridan ozod qiladigan istisnoli holatlar.Tadbirkorlik 
subyekti bir yoki undan ortiq istisno holatlaridan foydalanishga qaror qilishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyekti ushbu istisnolarni boshqa holatlarning yoki moddalarning 
ularga o„xshashligi asosida ushbu holatlar yoki moddalarga nisbatan qo„llamasligi 
kerak. 
Korxonalarning joriy faoliyati ma‟muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini 
safarbar qilish yo„li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi 
tizimida aks ettiriladi. Korxona tomonidan ma‟lum vaqt oralig„ida amalga oshirilgan 
xo„jalik 
muomalalari 
to„g„risidagi 
axborotlar 
tegishli 
hisob 
registrlarida 
umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan moliyaviy hisobotlarga o„tkaziladi. 
Ushbu MHXS boshqa MHXSlardagi ma‟lumotlarni taqdim etish va ochib 
berish bo„yicha talablardan ozod qilmaydi.
Qiyosiy ma‟lumotlar.Tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha birinchi 
moliyaviy hisobotlari kamida uchta moliyaviy holat to„g„risidagi hisobotni, ikkita 
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to„g„risidagi hisobotni, ikkita 


18 
alohida foyda yoki zarar to„g„risidagi hisobotni (agar taqdim etsa), ikkita pul oqimlari 
to„g„risidagi hisobot va ikkita kapitaldagi o„zgarishlar to„g„risidagi MHXS hisobotni 
hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim etadigan hisobotlarga qiyosiy 
ma‟lumotlarni, o„z ichiga olishi kerak.
MHXSlarga mos kelmaydigan qiyosiy ma‟lumotlar va oldingi davrlar uchun 
umumlashtirilgan ma‟lumotlar. Ba‟zi tadbirkorlik subyektlari ular MHXSlarga 
muvofiq to„liq qiyosiy ma‟lumotlarni taqdim qilishidan oldingi davrlar uchun 
tanlangan umumlashtirilgan ma‟lumotlarni taqdim etadi. Mazkur MHXS ushbu 
umumlashtirilgan ma‟lumotlarning MHXSlarning tan olish va baholash bo„yicha 
talablariga mos kelishini talab etmaydi. Bundan tashqari, ba‟zi tadbirkorlik 
subyektlari oldingi BHUTlarga mos qiyosiy ma‟lumotlarni hamda 1-sonli BHXSda 
talab qilingan qiyosiy ma‟lumotlarni taqdim etadi. Oldingi davrlar uchun 
umumlashtirilgan ma‟lumotlarni yoki oldingi BHUTlarga mos qiyosiy ma‟lumotlarni 
qamrab olgan har qanday moliyaviy hisobotlar, tadbirkorlik subyekti: (a) oldingi 
BHUTlarga mos ma‟lumotlarni MHXSlarga muvofiq tayyorlanmagan ma‟lumotlar 
deb aniq belgilab qo„yishi kerak; va (b) ularni MHXSlarga mos keltiruvchi asosiy 
tuzatishlarning xususiyatini yoritib berishi kerak. Tadbirkorlik subyekti ushbu 
tuzatishlarning raqamlardagi ifodasini keltirishi shart emas. 
MHXSlarga o„tish bo„yicha tushuntirishlar.Tadbirkorlik subyekti oldingi 
BHUTlardan MHXSlarga o„tish uning hisobotida ko„rsatilgan moliyaviy holati, 
faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimlariga qanday ta‟sir ko„rsatganini 
tushuntirishi kerak. 
MHXSlarni oldingi davrda qo„llagan tadbirkorlik subyekti quyidagilarni 
yoritib berishi kerak: 
(a) MHXSlarni qo„llashni nima sababdan to„xtatganligini; 
va (b) MHXSlarni nima sababdan qayta qo„llashni boshlaganini. 
Tadbirkorlik subyekti 1-sonli MHXS qo„llamaslikka qaror qilganida, u, 
MHXSlarni ularni qo„llashni hech qachon to„xtatmaganidek, qo„llashga qaror qilgani 
sabablarini tushuntirishi kerak.
Qiyoslovlar.Tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha dastlabki moliyaviy 
hisobotlari quyidagilarni o„z ichiga olishi kerak: (a) quyidagi sanalarning ikkalasi 
uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan 
MHXSlar talablariga muvofiq kapital o„rtasidagi qiyoslovni: (i) MHXSlarga o„tish 
sanasi; va (ii) tadbirkorlik subyektining oldingi BHUTlarga mos bo„lgan oxirgi yillik 
moliyaviy hisoboti taqdim etilgan eng so„nggi davrning oxiri. (b) tadbirkorlik 
subyektining oxirgi yillik moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng so„nggi davr uchun 
MHXSlarga muvofiq jami umumlashgan daromadning qiyoslovi. Bunday qiyoslov 
aynan o„sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan 
daromaddan, yoki, tadbirkorlik subyekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin 
hisobotlarda ko„rsatmagan bo„lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda 
yoki zarardan boshlanishi kerak. (v) agar tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha 
moliyaviy holat to„g„risidagi boshlang„ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar 
birinchi marta tan olingan yoki qayta tiklangan bo„lsa, tadbirkorlik subyekti 
tomonidan 
MHXSlarga 
o„tish sanasidan 
boshlanadigan 
davrda 
ushbu 


19 
qadrsizlanishdan olingan zarar tan olingan yoki qayta tiklanganida BHXS 36- 
“Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib berilishi talab qilingan ma‟lumotlarni. 
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatni belgilash.Tadbirkorlik subyekti 
oldin tan olingan moliyaviy aktivni haqqoniy qiymatidagi o„zgarishlar foyda yoki 
zararda hisobga olinadigan moliyaviy aktiv sifatida belgilashi mumkin. Tadbirkorlik 
subyekti bunday belgilangan moliyaviy aktivlarning belgilash sanasidagi haqqoniy 
qiymatini hamda oldingi moliyaviy hisobotlardagi tasniflanishi va balans qiymatini 
ochib berishi kerak.
Tadbirkorlik subyekti oldin tan olingan moliyaviy majburiyatni haqqoniy 
qiymatidagi o„zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyat 
sifatida belgilashi mumkin. Tadbirkorlik subyekti bunday belgilangan moliyaviy 
majburiyatlarning belgilash sanasidagi haqqoniy qiymatini hamda oldingi moliyaviy 
hisobotlardagi tasniflanishi va balans qiymatini ochib berishi kerak. Haqqoniy 
qiymatdan shartli tannarx sifatida foydalanish. Agar tadbirkorlik subyekti o„zining 
MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi boshlang„ich hisobotida asosiy 
vositalarning, investitsion mulkning yoki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini 
ularning shartli tannarxi sifatida qabul qilsa (foydalansa) ushbu tadbirkorlik subyekti 
MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi boshlang„ich hisobotining har bir 
satrida ko„rsatilgan modda bo„yicha quyidagilarni o„zining MHXS bo„yicha birinchi 
moliyaviy hisobotlarida yoritib berishi kerak: (a) ushbu haqqoniy qiymatlarining 
umumiy summasini; va (b) avvalgi BHUTlar bo„yicha ko„rsatilgan balans 
qiymatlariga tuzatishlarning umumiy summasi.
Oraliq moliyaviy hisobotlar Tadbirkorlik subyekti o„z oraliq moliyaviy 
hisobotlarini 34-sonli BHXS ga muvofiq uning MHXS bo„yicha birinchi moliyaviy 
hisobotlari qamrab olgan davrning bitta qismi uchun taqdim qilganida, u BHXS 34-
sonli talablariga qo„shimcha ravishda quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: (a) 
bunday har bir oraliq moliyaviy hisobot quyidagilarni o„z ichiga olishi kerak, agar 
tadbirkorlik subyekti oraliq moliyaviy hisobotni oldingi moliyaviy yilning 
qiyoslanadigan oraliq davri uchun taqdim etilgan bo„lsa: (i) ushbu qiyoslanuvchi 
oraliq davr oxiridagi oldingi BHUTlarga mos bo„lgan kapitalning ushbu sanaga 
MHXSlarga mos bo„lgan kapital bilan solishtirmasini; va (ii) MHXSlarga mos 
bo„lgan jami umumlashgan daromadning ushbu qiyoslanadigan oraliq davr uchun 
(joriy va yil boshidan) jami umumlashgan daromad bilan qiyoslashi.
Bunday qiyoslov aynan o„sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq 
shakllangan jami
 
umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik subyekti bunday jami 
umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko„rsatmagan bo„lsa, oldingi BHUTlarga 
muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak. (b) (a) bandida talab 
qilingan qiyoslovlarga qo„shimcha, tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha 
birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bitta qismi uchun 34-sonli 
BHXSga muvofiq birinchi oraliq moliyaviy hisoboti (a) va (b) bandlarida ta‟riflangan 
qiyoslovlarni o„z ichiga olishi kerak yoki bunday qiyoslovlarni o„z ichiga olgan chop 
etilgan boshqa hujjatga havola etishi kerak. 
Agar tadbirkorlik subyekti o„z hisob siyosatlarini o„zgartirsa yoki ushbu 
MHXSda belgilangan istisnoli holatlardan foydalanishiga o„zgartirishlar kiritsa, u 


20 
bunday har bir oraliq moliyaviy hisobotidagi o„zgarishlarni tushuntirib berishi va (a) 
va (b) bandlari bilan talab qilingan solishtirmalarni yangilashi kerak. 
34-sonli BHXS oraliq moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar eng oxirgi yillik 
moliyaviy hisobotlarni ham olishi mumkin degan farazga asoslangan minimal 
ma‟lumotlarni ochib berishni talab etadi. Biroq, 34-sonli BHXS tadbirkorlik 
subyektidan “joriy oraliq davrni tushunish uchun muhim bo„lgan har qanday hodisa 
yoki operatsiyalarni” ham yoritib berishni talab etadi. Shu bois, MHXSlarni birinchi 
marta qo„llaydigan tadbirkorlik subyekti o„zining oldingi BHUTlarga muvofiq 
bo„lgan eng oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarida joriy oraliq davrini tushunish uchun 
muhim ma‟lumotlarni yoritib bermagan bo„lsa, uning oraliq moliyaviy hisoboti 
bunday ma‟lumotlarni ochib berishi yoki ularni o„z ichiga olgan boshqa chop etilgan 
hujjatga havola etishi kerak. 


21 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə