Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari


-bob. MOLIYAVIY HISOBOTLAR XALQARO STANDARTLARI



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   238
KL-МHХS

2-bob. MOLIYAVIY HISOBOTLAR XALQARO STANDARTLARI 
TALABLARIGA MUVOFIQ ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISH
(16-BHXS) 
2.1. “Asosiy vositalar” – 16-BHXSning maqsadi, mazmuni
va asosiy qoidalari
 
Ushbu standartning maqsadi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar 
tadbirkorlik subyektining asosiy vositalariga qilgan investitsiyalarini va bunday 
investitsiyalardagi o„zgarishlar haqidagi ma‟lumotlarni tushunishi uchun asosiy 
vositalarni hisobga olish tartibini belgilab berishdan iboratdir. Asosiy vositalarni 
hisobga olishda asosiy masalalar bo„lib aktivlarni tan olish, ularning balans qiymatini 
aniqlash va ular bo„yicha eskirish xarajatlarini va qadrsizlanish bo„yicha zararlarni 
tan olish hisoblanadi. 
Ushbu standart asosiy vositalarni hisobga olishda qo„llanilishi lozim, biroq 
boshqa standartlar asosiy vositalarni o„zgacha hisobga olishni talab etgan yoki ruxsat 
etgan hollari bundan mustasno.
Ushbu Standart quyidagilarga nisbatan qo„llanilmaydi:
a) MHXS 5 “
Sotish uchun mo‗ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom 
ettirilmaydigan faoliyat‖ 
ga asosan sotish uchun mo„ljallangan deb tasniflanadigan 
asosiy vositalar; 
b) qishloq xo„jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 “
Qishloq 
xo‗jaligi‖ 
ga qarang); 
v) foydali qazilmalarni qidirish va aniqlashda ushbu foydali qazilmalarning tan 
olinishi va baholanishi (6-MHXS –
―Foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash‖
ga 
qarang); yoki 
g) neft, tabiiy gaz va shunga o„xshash qayta tiklanmaydigan resurslar kabi 
foydali qazilmalarga huquqlar va foydali qazilmalarning zaxiralari. 
Biroq, ushbu standart qayd qilingan aktivlarni qazib olish yoki ishlatishda 
foydalaniladigan asosiy vositalarga nisbatan qo„llaniladi. 
Boshqa standartlar asosiy vositalar obyektining ushbu standartdagi 
yondashuvdan farq qiladigan yondashuv asosida tan olinishini talab etishi mumkin. 
Masalan, BHXS 17 “
Ijara‖
tadbirkorlik subyektidan ijaraga olingan asosiy vosita 
obyektining u bilan bog„liq bo„lgan risklar va mukofotlar bir tomondan boshqa 
tomonga o„tkazilishi asosida tan olinishini talab etadi. Biroq, bunday holatlarda 
ushbu aktivlarni hisobga olishdagi boshqa jihatlar, shu jumladan eskirishni hisobga 
olish, ushbu standartda belgilangan.
BHXS 40 “
Investitsion mulk
” ga muvofiq investitsion mulkni tannarx bo„yicha 
hisobga olish modelini qo„llaydigan tadbirkorlik subyekti BHXS 16 da belgilangan 
tannarx bo„yicha hisobga olish modelidan foydalanishi kerak.
Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma‟nodagi atamalardan foydalaniladi:
Balans qiymati –
har qanday jamg„arilgan eskirish va yig„ilgan qadrsizlanish 
bo„yicha zararlar chegirib tashlanganidan so„ng aktivning tan olinadigan summasidir. 
Tannarx
– bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun 
to„langan pul mablag„i yoki pul mablag„i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi 
uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa 


22 
BHXSlarning, masalan BHXS 2 “
Aksiyaga asoslangan to‗lov‖ 
ning aniq talablariga 
muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat
aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi 
tannnarxi yoki tannarx o„rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir. 
Eskirish
– bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat 
muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Tadbirkorlik subyektiga xos qiymat
tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan 
davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan chiqarishdan 
yoki 
majburiyat 
so„ndirilganida 
kutiladigan 
pul 
oqimlarining 
keltirilgan 
(diskontlangan) qiymatidir.
Xaqqoniy qiymat
- bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o„rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo„lgan yoki majburiyatni 
o„tkazishda to„lanishi mumkin bo„lgan narxdir. (MHXS 13 “
Haqqoniy qiymatni 
baholash‖ 
ga qarang). 
Qadrsizlanish bo‗yicha zarar 
aktivning balans qiymatining uning qoplanadigan 
qiymatidan oshadigan qismidir. 
Asosiy vositalar
– quyidagilar uchun mo„ljallangan moddiy aktivlardir: 
a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni 
ko„rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma‟muriy maqsadlarda 
foydalanish uchun mo„ljalangan; va 
b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. 
Qoplanadigan qiymat
– bu aktivning quyidagi qiymatlaridan yuqorirog„i: 
sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning foydalanishdagi qiymati. 
Aktivning 
tugatish qiymati
- bu aktivning chiqib ketishi bo„yicha baholangan 
xarajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik subyekti ayni paytda xuddi aktiv foydali 
xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo„lganidek aktivning chiqib 
ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Foydali xizmat muddati
bu: 
a) aktivning tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanishi uchun yaroqli 
bo„lishi kutilgan davr; yoki 
b) tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish 
hajmi (miqdori) yoki shunga o„xshash birliklar soni. 
Asosiy vositalar obyektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda 
aktiv sifatida tan olinadi:
a) tadbirkorlik subyekti tomonidan asosiy vosita bilan bog„liq kelgusi iqtisodiy 
naf olinishi ehtimoli mavjud bo„lsa; va 
b) aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Ehtiyot qismlar, yordamchi va ta‟mirlovchi jihozlar kabi moddalar asosiy 
vositalar ta‟rifiga mos kelganida ushbu BHXSga muvofiq tan olinadi. Aks hollarda 
bunday moddalartovar-moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadi. 
Ushbu standart tan olish uchun o„lchov birligini, ya‟ni asosiy vosita obyekti 
nimadan tashkil topishini belgilab bermaydi. Shuning uchun, tadbirkorlik 
subyektining o„ziga xos shart-sharoitlarida tan olish mezonlarini qo„llash uchun 
mulohaza qilish talab etiladi. Qoliplar, asboblar va moslamalar kabi alohida 


23 
ahamiyatli bo„lmagan moddalarni birlashtirish va tan olish mezonlarini ushbu 
birlashtirilgan qiymatga nisbatan qo„llash o„rinli bo„lishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti barcha asosiy vositalar bilan bog„liq xarajatlarni ularning 
kelib chiqish paytiga qarab ushbu tan olish mezonlari asosida baholaydi. Bunday 
xarajatlar o„z ichiga asosiy vosita obyektini sotib olish yoki qurish bilan bog„liq 
boshlang„ich xarajatlarni, hamda asosiy vositani keyinchalik kengaytirish, qandaydir 
qismini almashtirish yoki unga texnik xizmat ko„rsatish uchun amalga oshirilgan 
xarajatlarni qamrab oladi.
Boshlang„ich xarajatlar. Asosiy vositalar obyektlari xavfsizlik yoki atrof-
muhitni muhofaza qilish maqsadlarida sotib olinishi mumkin. Bu kabi asosiy 
vositalarni sotib olish mavjud bo„lgan qandaydir asosiy vosita obyektidan olinadigan 
kelgusi iqtisodiy nafni bevosita oshirmasa-da, tadbirkorlik subyekti boshqa 
aktivlaridan kelgusida iqtisodiy naf olishi uchun zarur bo„lishi mumkin. Bunday 
asosiy vositalar obyektlari aktiv sifatida tan olinadi, chunki ular yordamida 
tadbirkorlik subyekti tomonidan ular bilan bog„liq bo„lgan aktivlardan kelgusida 
olinadigan iqtisodiy naf bunday obyektlar sotib olinmaganida olinadigan nafdan ko„ra 
ko„proq bo„ladi. Masalan, kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona xavfli 
kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va saqlash bilan bog„liq ekologik talablarga 
rioya etish maqsadida yangi kimyoviy moddalar bilan ishlash texnologiyalarini jalb 
etishi mumkin; tegishli yangi texnologiyalar aktiv sifatida tan olinadi, chunki ularsiz 
tadbirkorlik subyekti kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqara va sota olmaydi. Biroq, 
bunday aktiv va u bilan bog„liq bo„lgan aktivlarning balans qiymati qadrsizlanganligi 
BHXS 36 “
Aktivlarning qadrsizlanishi‖
ga muvofiq tekshiriladi.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə