Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   238
KL-МHХS

1.2.
 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining 
birinchi marta qo„llanishi (1-sonli) 
 
Ushbu MHXSning maqsadi tadbirkorlik subyektining MHXSlar bo„yicha 
birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi 
uchun oraliq moliyaviy hisobotlari: 
(a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun 
qiyoslanuvchan; 
(b) buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi sifatida xizmat 
qiladigan; 
(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi 
mumkin bo„lgan yuqori sifatli ma‟lumotlarni o„z ichiga olishini ta‟minlashdan 
iboratdir.
Qo„llash doirasi 
Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSni: (a) o„zining MHXS bo„yicha birinchi 
moliyaviy hisobotlarida; va (b) u tomonidan MHXS bo„yicha birinchi moliyaviy 
hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun BHXS 34-“Oraliq moliyaviy 
hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga 
nisbatan, agar shunday hisobotlari bo„lsa, qo„llashi kerak.


14 
Tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha dastlabki moliyaviy hisobotlari –
tadbirkorlik subyekti o„z moliyaviy hisobotlarining MHXSlarga muvofiqligi 
to„g„risida aniq va shartsiz bildirib, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini 
qo„llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlaridir. MHXSlarga muvofiq moliyaviy 
hisobotlar tadbirkorlik subyektining MHXS bo„yicha birinchi moliyaviy hisobotlari 
hisoblanadi, agar tadbirkorlik subyekti, masalan: (a) oldingi davrlarning eng oxirgisi 
uchun o„zining moliyaviy hisobotlarini quyidagilarga muvofiq taqdim etgan bo„lsa: 
(i)
MHXSlarga to„liq bo„lmagan darajada mos keluvchi milliy talablarga 
muvofiq; 
(ii)
MHXSlarga barcha jihatdan mos bo„lgan, lekin tadbirkorlik subyekti 
moliyaviy hisobotlarda ularning MHXSlarga muvofiqligi to„g„risida aniq va shartsiz 
bildirmagan bo„lsa; 
(iii)
MHXSlarning ba‟zilariga, biroq hammasiga emas, muvofiqlik to„g„risida 
aniq bildirgan bo„lsa; 
(iv)
MHXSlarga mos bo„lmagan milliy talablarga muvofiq bo„lib, ushbu 
hisobotlarda milliy talablar belgilanmagan moddalar ayrim MHXSlar asosida hisobga 
olingan bo„lsa; yoki 
(v) milliy talablarga muvofiq bo„lib, ushbu hisobotlardagi ba‟zi summalarning 
MHXSlarga muvofiq aniqlanadigan summalar bilan qiyoslamasi taqdim etilgan 
bo„lsa; 
(b) moliyaviy hisobotlarni MHXSlarga muvofiq faqat ichki foydalanish uchun 
tayyorlagan bo„lsa, va ushbu hisobotlarni tadbirkorlik subyektining egalari va boshqa 
tashqi foydalanuvchilariga taqdim etilmagan bo„lsa; 
(v) hisobotlar to„plamini jamlash (konsolidatsiyalash) maqsadida MHXSlarga 
muvofiq tayyorlagan bo„lsa-da, lekin bunda (2007-yil tahriridagi) 1-sonli BHXS 1 
“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”da belgilangan moliyaviy hisobotlarning to„liq 
to„plamini tayyorlamagan bo„lsa; 
Ushbu MHXS tadbirkorlik subyekti MHXSlarni birinchi marta qabul qilganida 
qo„llaniladi. U, masalan, quyidagi holatlarda qo„llanilmaydi: 
(a) agar tadbirkorlik subyekti oldin moliyaviy hisobotlarni milliy talablarga 
ko„ra taqdim etish bilan birga ularning yana bir to„plamini MHXSlarga muvofiqlik 
to„g„risida aniq va shartsiz bildirib taqdim etgan bo„lsa, keyinchalik moliyaviy 
hisobotlarni milliy talablarga ko„ra taqdim etishni to„xtatsa; 
(b) agar tadbirkorlik subyekti otgan yil moliyaviy hisobotlarini milliy 
talablarga ko„ra taqdim etgan bo„lsa va ushbu moliyaviy hisobotlarda MHXSlarga 
muvofiqlik to„g„risida aniq va shartsiz bildirgan bo„lsa; 
(v) agar tadbirkorlik subyekti o„tgan yil moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga 
muvofiqlik to„g„risida aniq va shartsiz bildirgan bo„lsa-da, auditorlar ushbu 
moliyaviy hisobotlar bo„yicha tushuntirish paragrafi bilan auditorlik xulosasini 
bergan bo„lsa. 
Oldingi hisobot davrida MHXSlarni qo„llagan tadbirkorlik subyekti, uning eng 
oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga muvofiqlik to„g„risida aniq va 
shartsiz bildirmagan bo„lsa, mazkur MHXSni qo„llashi yoki 8-sonli BHXS “Hisob 
siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o„zgarishlar va xatolar” ni retrospektiv 


15 
tarzda, xuddi tadbirkorlik subyekti MHXSlarni qo„llashni hech qachon 
to„xtatmaganidek, qo„llashi kerak. 
Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSga muvofiq qo„llamaslikni tanlasa, bunga 
qaramay, 1-sonli MHXSda belgilangan ma‟lumotlarni ochib berish bo„yicha talablar 
bilan 8-sonli BHXSdagi ma‟lumotlarni ochib berish talablarini qo„llashi kerak.
MHXSlarni qo„llovchi tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlariga 
kiritiladigan o„zgarishlarga nisbatan mazkur MHXS qo„llanilmaydi. Bunday 
o„zgarishlarga nisbatan quyidagilar qo„llaniladi: (a) 8-sonli BHXS “Hisob siyosatlari, 
hisoblab chiqilgan baholardagi o„zgarishlar va xatolar” ning hisob siyosatlaridagi 
o„zgarishlarga nisbatan talablari; va (b) boshqa MHXSlarning o„tish davriga oid 
maxsus talablari; 
Tan olish va baholash MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi 
boshlang„ich hisobot; 
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo„yicha moliyaviy holat to„g„risidagi 
boshlang„ich hisobotni MHXSlarga o„tish sanasiga tayyorlashi va taqdim etishi 
kerak. Bu sana buxgalteriya hisobini MHXSlarga muvofiq yuritishning boshlanishi
hisoblanadi.
Hisob siyosatlari.Tadbirkorlik subyekti MHXS bo„yicha moliyaviy holat 
to„g„risidagi boshlang„ich hisobotida va uning MHXS bo„yicha birinchi moliyaviy 
hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo„llashi kerak. 
Ushbu hisob siyosatlari MHXS bo„yicha birinchi hisobot davrining oxirida kuchga 
ega hamma MHXSlarga mos kelishi lozim.
Tadbirkorlik subyekti MHXSlarning oldinroq amalda bo„lgan boshqa 
tahrirlarini qo„llamasligi kerak. Tadbirkorlik subyekti qo„llanilishi hali shart 
bo„lmagan yangi MHXSni, mazkur MHXSni muddatidan oldin qo„llash ruxsat 
etilganida, qo„llashi mumkin. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə