Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə13/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

1-bob bo’yicha xulosa


Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan foydalanishning iqtisodiy–huquqiy va nazariy asoslariga bag’ishlangan 1- bob bo’yicha quyidagi asosiy xulosalarga keldik.

  1. Davlat budjeti mabag’lari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarishi uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega.

  2. Davlat o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i va ularda samarali va aniq maqsadlar uchun foydalanmog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan ana shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.

  3. Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Xarajatlarini moliyalashtirish budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgarishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarning xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi.

  4. Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
  1. BOB. Budjet mablag’laridan foydalanishning amaldagi holati tahlili.


    1. Budjet mablag’laridan samarali foydalanish va shakllantirilishi holati tahlili.

Bugungi kunda Davlat budjeti mablag’larini shakllantirishda uning ham xarajatlar qismini, ham daromadlar qismini belgilash muhimdir, chunki budjetning daromadlari va xarajatlari o'zaro bir-birini taqozo etadi, uni to'liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Budjet siyosatining asosiy yo'nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o'rtasida qayta taqsimlash va respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir.
Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, budjetdan mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda mablag’- lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qa’tiy ta'minlashda budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, budjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashtirilishi va islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Budjet jarayonini mavjud qonunchilik asosida, budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, budjetdan mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda
mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.




Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə