Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə11/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

G’aznachilikning bosh kitobi - budjet ijrosi g’aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat
resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko'rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi budjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G’aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo'ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o'z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi g’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo'ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika budjetidan, ham mahalliy budjetlardan moliyalashtirish hisob- kitobining o'z vaqtida yuritilishini ta'minlaydi. G’aznachilikning Bosh kitobi o'z ichiga juda ko'p budjet birliklarini birlashtiradi. G’aznachilikning Bosh kitobida budjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko'rinadi.
G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan, Moliya Vazirligiga bo'ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi g’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda g’aznachilik bo'limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat g’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq g’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi.
G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo'lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. Budjet operatsiyalari bo'yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma'lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, hududiy belgilari, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo'yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli budjetlarga belgilangan normativlar asosida o'tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish
bilan bog’liq tadbirlar o'zgarishsiz qolsada, tushumlarni o'tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan o'tkaziladi.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo'lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi.
Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo'lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o'rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o'zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob'ektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo'jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi.
Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat o'tilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik printsiplaridan chetga og’ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob'ekti bo'lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta'minlashga xizmat qilmog’i lozim.
G’aznachilik operatsiyalarini nazoratini amalga oshirish davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag’larni qonuniy va samarali ishlatilishini ta'minlashni o'z ichiga oladi.
Moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va keyingi shakllariga bo'linadi.
Davlat budjetini g’aznachilik ijrosi tizimida asosan dastlabki va joriy nazorat shakllari mavjud va uni quydagi chizmalarda ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə