Moliyaviy menejment


G’aznachilikning yagona hisobraqami



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə9/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

G’aznachilikning yagona hisobraqami. O'zbekiston Respublikasining «Davlat budjetining g’azna ijrosi to'g’risida»gi qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to'plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun g’aznachilik tomonidan g’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.



11 Iqtisodiy adabiyotlardan foydalanib mustaqil tuzildi
“Yagona g’azna hisobraqami g’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo'lib, bu hisobraqamda Davlat budjeti mablag’lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. G’aznachilikning Yagona hisobraqam so‘m xisobidagi hisob raqam bo‘lib, u Markaziy bankda ochiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat budjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to'lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi”. G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi.
G’aznachilik O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda tegishli bank hisobvaraqlari ochishi va u orqali to'lovlarni amalga oshirishi mumkin. G’aznachilikning bank hisobvaraqlaridaga budjet mablag’laridan so'zsiz tartibda to'lovlarni amalga oshirish va hisobdan chiqarishga yo'l qo'yilmaydi. G’aznachilik tizimida davlat budjetiga to'lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to'lovlar yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilib, ular belgilangan tartibda respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari ham yagona g’azna hisobvaraqga kiritilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks ettiriladi.
Yagona G‘azna Hisobraqamiga quyidagi tushumlar va xarajatlar kelib tushadi:

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə