Moliyaviy menejment


Budjetning joriy xarajatlari



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə6/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Budjetning joriy xarajatlari - budjet xarajatlarining bir qismi bo'lib, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga davlat tomonidan boshqa budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko'rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari - budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta'minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta'mirlashni o'tkazish xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari o'zining funksional tayinlanishiga ko'ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:

  • Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari.

  • Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari.

  • Iqtisodiyot xarajatlari.

  • Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.

  • Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari.

  • Sud,prokuratura,huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash xarajatlari.

  • Vazirlar Mahkamasining zaxira fondini shakllantirish xarajatlari.

  • Boshqa xarajatlar.

Budjet mablag’lari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarini o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat
organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari mamalakat yalpi ichiki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Budjet daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X Haydarovlar quydagicha o’z fikrlarini bildirganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan, hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi”4
Davlat budjetining mablag’lari o’zlarining manbalari, ijtimoiy - iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlaring turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:5

  • Soliqli daromadlar

  • Nosoliq daromadlar

  • Tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Respublika budjetining daromadlari quydagilardan iborat:

  • umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar;

  • davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan mablag’lar;




4 Malikov T, Haydarov N “Budjet daromadlari va xarajatlari” – T .: “Iqtisod - Moliya”, 2007 y, 9-bet.
5 Malikov T, Haydarov N. “Davlat budjeti” – T.: “Iqtisod - Moliya”, 2007y, 32-bet.

  • boshqa daromadlar

Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantirilishi mumkin (“O’zbekiston Respublikasi “Budjet Kodeksi”ning 52-moddasi):6

  • qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subventsiyalari va budjet ssudalari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Budjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi
Quydagi keltirilayotgan 1.1-rasmda davlat budjeti mablag’larining mazmun mohiyatini ko’rishimiz mumkin.



    1. rasm. Davlat budjeti mablag’larining manbalariga ko’ra guruhlanishi7

Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi budjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan budjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.
Hozirgi kunda amaliyotda davlat budjetining daromadlarini quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayotganini ko’rishimiz mumkin. (1.2-rasm)

Hozirgi amaliyotda davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti





Egri (bilvosita) soliqlar ( qo’shilgan qiymat solig’i; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga olinadigan soliq)


Resurs to’lovlari va mol – mulk solig’i (mol – mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq)


Ustama foydadan olinadigan soliq


Boshqa daromadlar




    1. rasm. O’zbekistonda budjet daromadlarining klassifikatsiyalanishi8

Davlat budjetini ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o'zgarishida, ya'ni davlat budjeti tomonidan mablag’lar taqsimlash orqali ularni tartibga solish vositasi sifatida ham ko'rib o'tish mumkin. Hozirgi kunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy ta'minlash darajasi budjet mablag’lari hisobidan ta'minlanayotganligi ko'rsatmoqda





8 Iqtisodiy adabiyotlar asosida mustaqil tuzildi
Mamlakatimizda so’nggi yillarda davlat budjeti mablag’larini samarali sarflash yuzasida bir qancha ishlar olib borildi va bu ishlar bugun ham bu borada jadal ishlar olib borilmoqda. (1.3 va 1.4- rasmlar)
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish



Amalda bo’lgan tizim


Xarajatlarni moliyalashtirish




    1. rasm. Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish mexanizmi9 Moliya vazirligi G‘aznachiligi davlat budjeti mablag’laridan samarali boshqa-rish uchun ham, undan oqilona foydalanilish ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash

mumkin:
Birinchidan, g‘aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromad va barcha xarajatlarni yagona g ‘azna hisobraqamidan amalga oshiradi. Mablag‘larning Yagona g'azna hisobraqamiga soliq va soliq bo'lmagan daromadlar ko'rinishida kelib tushishi moliyaviy resurslami operativ boshqarish va davlat budjeti xarajatlarini o‘z vaqtida to'lash uchun barqaror asos yaratadi.
Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni majburiyatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi, bunda budjet tashkiloti tomonidan smetada ko'zda tutilgan mablag'lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar g'aznachilik



9 Nurmuxamedova B, Yo’ldosheva N “Ta’limda innovatsion texnalogiyalar” TMI, Toshkent 2012/2013 yil

organlarida ro'yxatdan o'tkaziladi va shu asosda mablag'larning maqsadli harakatini ta’minlash uchun zamin yaratiladi.


    1. rasm. Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish mexanizmi

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo'g’ini bo'lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etarkan. Davlat budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o'z oldiga bir nechta vazifalarni qo'yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlashda budjet mablag’lari xizmat qiladi.

      1. Yüklə 253,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə