Moliyaviy menejment


Bitiruv-malakaviy ishining



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə4/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Bitiruv-malakaviy ishining tarkibi va tuzilishi. Bitiruv-malakaviy ishi o’z ichiga kirish, yettita paragrafni qamrab olgan uch bob, xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Bitiruv-malakaviy ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, ishning ob’ekti, predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati bayon etilgan.
Bitiruv-malakaviy ishining birinchi bobida davlat budjetining iqtisodiy mohiyati, davlat budjet mablag’larining tarkibiy tuzilishi, klassifikatsiyasi, ularning tashkiliy huquqiy asoslari, g’aznachilikning budjet mablag’laridan samarali foydalanishda tutgan o’rni va ahamiyati yoritilgan.
Bitiruv-malakaviy ishining ikkinchi bobida davlat budjeti mablag’larining shakllantirish va foydalanish holati, O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining g’azna ijrosining joriy holati tahlil qilingan.
Bitiruv-malakaviy ishining uchinchi bobida Davlat budjeti mablag’lari- dan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalari va Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasi- dan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari tadqiq etilgan.
Bitiruv-malakaviy ishining xulosa qismida mavzu doirasida shakllangan asosiy xulosalar va takliflar tizimi keltirilgan.
    1. bob. Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan foydalanishning iqtisodiy–huquqiy va nazariy asoslari.

      1. Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va budjet mablag’(daromad)larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasi.


Har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, davlatning jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi nafaqat mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy islohotlarida balki davlatning moliya sohasining islohotlari hamda moliya tizimining bu iqtisodiy ravnaq jarayonidagi o'rniga ham bog’liqdir. Ayniqsa jahon hamjamiyatining keyingi yillardagi holatlari shuni ko'rsatmoqdaki moliya sohasi nafaqat davlat sohasi bilan balki iqtisodiy sohalar bilan ham to'g’ridan to'g’ri bog’langanligi hamda moliya tizimining barqarorlikni, iqtisodiy ravnaqni ta'minlashga zamin yaratishi mumkin bo'lib qolmoqda. Shu borada moliya sohasining eng katta bo'g’ini bo'lgan davlat moliyasi va uning elementlarini to'g’ri shakllantirilishi hamda boshqarilishida moliyaviy instrumentlardan to'g’ri va oqilona foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng davlat tomonidan ko'plab iqtisodiy islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bular orasida davlat moliyasini isloh qilish borasida olib borilgan islohotlar alohida e'tiborga molikdir. Bunday islohotlarning bosh maqsadi, birinchidan, budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini yoki unumdorligini oshirish, ya'ni davlat organlarining funksiyalarini bajarishda xarajatlarini yanada maqsadli sarflanishi, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish bo'lsa, ikkinchidan, davlat xizmatlari faoliyatini doimiy yaxshilashning ichki oqibatlarini yaratish hamda o'z o'zini rivojlantirishni ta'minlash.
Bu maqsadlarga erishish uchun davlat moliyasini isloh qilish strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri dasturiy maqsadga mo'ljallangan budjet tizimini yaratishdir.
“Budjet” (ingl. budget – hamyon, mablag’) iqtisodiy so’z bo’lib, (1) “Muayyan vaqt (yil,chorak) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan va qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi” va (2) “Shaxsiy kirim-chiqim majmui” ma’nolarini anglatadi”2.
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan bo'lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan. Masalan, sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi.
Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan.
Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, davlatchilik rivojlanishi bilan davlat moliya tizimi va uning markaziy zvenosi bo'lgan davlat budjetining milliy iqtisoddagi roli va mohiyati oshib borgan. Agar XX-asrning boshlarida dunyoda mamlakatni yalpi ichki mahsulotini 10-12% davlat budjetini shakllantirish uchun



2 O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. Birinchi jild. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 394.
yo'naltirilgan bo'lsa, XX-asrning oxirida ushbu ko'rsatgich 25-35% tashkil qiladi. Natijada budjet xarajatlari YAIMga nisbati keskin o'sa boshladi. Bu esa ayrim mamlakatlarda budjet taqchilligini keltirib chiqardi.Budjetni balanslashtirish uchun ushbu mamlakatlar tashqi va ichki qarzlarni jalb qila boshladilar va bu davlatning tashqi qarzlari oshishiga olib keldi.
O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi “Budjet kodeksi”da davlat budjetiga quydagicha ta’rif berilgan “O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”3
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi hamda 2014-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Budjet kodeksi»ga binoan “davlat budjeti – respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi" deb belgilab qo’yilgan. Davlat budjetining huquqiy asosi Konstitutsiyaning 122 moddasida ham ta'kidlangan bo'lib, unda "O'zbekistonning davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan iborat" deb ko'rsatilgan.
Bosh qomusimizning 123 moddasida esa "O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilinishiga faqat O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi haqli" deb belgilab qo'yilgan.
Bunda, Oliy majlis tomonidan davlat budjetining xarajatlari qabul qilinib, soliq va yig’imlar joriy etilsa, Vazirlar Mahkamasi har moliya yili uchun tegishli qaror qabul qilib, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismini ijro uchun tasdiqlaydi. Shu bilan birga, xarajatlarning yo'nalishlarini hamda soliq va to'lovlarning foizlarini belgilaydi.
Davlat budjetida rejalashtirilgan xarajatlar daromadlar bilan qoplanishi shart. Daromadlar yetmagan vaqtda, turli manbalardan mablag’ jalb etilishi
3 O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son “Budjet kodeksi” to’g’risidagi qonuni, 1- modda
lozim. Masalan, davlat tomonidan ichki (markaziy bank, tijorat banklari mablag’lari) va xorijdan mablag’ jalb etish. Biroq, qonunga asosan mahalliy budjetlar taqchillik bilan qabul qilinmaydi.
Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to'plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumentidir.
O'zining mohiyatiga ko'ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo'lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo'lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o'zida, davlat budjeti faqat o'ziga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o'z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o'rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo'lsada, uning bu xis- lati, ya'ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo'ladi.
Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma'muriy-hududiy budjetlarning ko'pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo'g’inlarning yuqori bo'linmalarga bo'ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o'zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta'minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o'zlarining budjet mablag’lariga ega bo'lib, bu borada ular o'zlariga tegishli bo'lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat
budjetiga xos bo'lgan ana shu oxirgi ikki xarakterli belgilar mablag’lar bilan budjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Ayrim hollarda davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to'g’ri deb e'tirof etib bo'lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat budjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish shaklidir. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya- larning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo'la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni quyidagi uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin: a) iqtisodiy ma’noda; b) moddiy ma’noda; d) huquqiy ma’noda.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə