Moliyaviy menejment


Bitiruv-malakaviy ishining maqsadi



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə3/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Bitiruv-malakaviy ishining maqsadi bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag’larining sarfini amalga oshirishdagi muommolarni hal qilishning samarali yo’nalishlarini aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Bitiruv-malakaviy ishining vazifalari. Bitiruv-malakaviy ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

  • Davlat budjeti haqida umumiy tushuncha hosil qilish va uning iqtisodiy mohiyatini o’rganish, budjet mablag’larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasini ko’rib chiqish

  • O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rnini tadqiq etish

  • O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ko’rib chiqish

  • Budjet mablag’laridan samarali foydalanish va shakllantirilishi holatini tahlil etish

  • O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining g’azna ijrosining joriy holati tahlilini amalga oshirish

  • Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalarini tadqiq etish

  • Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat

Bitiruv-malakaviy ishining ob’ekti. O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining mablag’lari bitiruv-malakaviy ishining ob’ekti hisoblanadi.
Bitiruv-malakaviy ishining predmeti. Davlat budjetining mablag’larini sarf etish jarayonida yuzaga chiqadigan moliyaviy munosabatlar bitiruv-malakaviy ishining predmeti bo’lib hisoblanadi.
Bitiruv-malakaviy ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Davlat budjeti mablag’larini samarali sarfini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Shuningdek ishda keltirilgan ilmiy xulosalar va natijalar budjet mablag’larini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini yanada chuqurroq o’rganuvchilar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilishi, budjet mablag’larini real hayotda amal qilish mexanizmi mazmunini teranroq anglashga xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə