Moliyaviy menejment


Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat budjeti



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə5/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat budjeti - davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida mamlakatda yaratilgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo'lib, ular natijasida iqisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo'ljallangan pul fondi - budjet tashkil topadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat budjeti - markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. O'zbekiston Respublikasining
«Budjet kodeksi»dagi qonunda davlat budjetiga aynan moddiy ma'nodagi tushuncha sifatida ta'rif berilgan.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti - markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko'zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasida davlat budjeti «Budjet kodeksi»dagi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun (O'zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning an'analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, budjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko'rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ko'pchilik iqtisodchi olimlarning fikricha, Davlat budjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

  • YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;

  • Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi;

  • Ijtimoiy funksiyasi;

  • Nazorat funksiyasi.

Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligini ta'minlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan
davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta'sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan: daromadlar va xarajatlar qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda nazarda tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks ettirilib, ularga avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari hamda boshqa daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet mablag‘laridan foydalanishning aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda tutadi.
Davlat budjeti daromadlari - davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o'rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Jahon amaliyotida budjetga pul tushumlarining uch asosiy yo'nalishi mavjud:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan soliqlar va yig’imlar ko'rinishida undiriladigan majburiy to'lovlar;

  • foydalanish evaziga to'lovlar va badallar undiriladigan davlat mulki va umumdavlat resurslari;

  • davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog’ozlar, lotereyalar sotishdan tushgan daromadlar, davlat banklariga qo'yilgan omonatlarning qismlari va boshqalar ko'rinishida jalb qilingan resurslar.

Budjet daromadlarining hajmi soliq solishning belgilangan soliq stavkalari bilan aniqlanadigan YAIMning o'sishi va soliq yukiga bog’liqdir.
Daromadlarning asosiy vazifasi budjet xarajatlarini ta'minlashdir.
Budjet xarajatlari – bu davlat va mahalliy o'zini o'zi boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun yo'naltirilayotgan pul mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli va hududiy yo'nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Budjet xarajatlari kategoriyasi aniq xarajatlar turlari orqali namoyon bo'ladi va ularning har biri son va sifat jihatidan tavsiflab berilishi mumkin. Sifat
tavsifi budjet xarajati har bir turning iqtisodiy tabiati va ijtimoiy maqsadini belgilash imkonini bersa, son tavsifi ularning hajmini belgilaydi.
O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo'linadi.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə