Moliyaviy menejment


O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining g’azna ijrosining joriy holati tahlili



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə17/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining g’azna ijrosining joriy holati tahlili.


Davlat moliyasini isloh qilish, davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish, budjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda navbatdagi qadam bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 28.02.2007 y. PQ 594-son Qarorining qabul qilinishi bo’ldi.
Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida yuqorida nomi qayd etilgan Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti” boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga
oshiriladi. G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini taqsimlovchi organlar, davlat budjeti daromadlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat budjetining g’azna ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadi. Bu organlar, yuridik shaxslar va budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G’aznachilikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning to’g’riligi va asosliligi uchun javobgar bo’ladilar.
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarning yagona rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarining yagona rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G’aznachilik belgilangan budjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini alohida va aniq ro’yxatini amalga oshiradi, qonun asosida g’aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga oshirishga G’aznachilik javobgar hisoblanadi.
Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi bilan bir qatorda, g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat
vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi. Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi muqobil yetkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:

  • tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;

  • bozorlardan ma’lumotnomalar olish;

  • raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;

  • ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirish.


Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga bir nechta (eng kamida 4 ta) yetkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda har bir yetkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, yetkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya etiladi. O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi. Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”20 bo’lib hisoblanadi. Mazkur Nizom davlat budjeti, davlat budjetida konsolidatsiyalashuvchi davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag’lari, Hukumat kafolati bo’yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki, "KfW" banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag’lari evaziga import qilingan yoki O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi
20 “Davlat byudjetining g’azna ijrosi” Normativ-huquqiy xujjatlar to’plami, T.: O’zbekiston. 2007
qismlar va jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi.
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti, davlat budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq summaga tovar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.
Tender turi xarid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə