Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə18/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Ochiq tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Kelgusida G’aznachilikda budjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish va yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini, Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari ma’lumotlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 apreldagi 100- sonli“Davlat xaridlarini tashkil qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komisiyasining ishchi organi to’g’risida Nizom, O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida boshlang’ich bahoni pasaytirish asosida elektron auktsion savdolarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi,
O’zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respubldikasi Prezidentining 07.02.2011y. PQ-1475-sonli qaroriga muvofiq markazlashtirilgan manbalar hisobiga Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar, ko’zlanayotgan xaridlar bo’yicha e’lonlarni, tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchini aniqlash kunidan 30 kun oldin, maxsus axborot portalida (davlatxarid.uz) joylashtirilishi shart. Budjet tashkilotlari maxsus axborot portaliga mustaqil ravishda yoki agentlar (brokerlar) orqali e’lonlar joylashtiradi.
Budjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini maxsus axborot portaliga mustaqil joylashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi tovar xom- ashyo birjasi va uning hududiy bo’limlaridan (brokerlardan) o’rnatilgan tartibda login va parollarni oladilar. Budjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlarda ayrim turdagi tovarlar bo’yicha bitta buyurtma predmetida bir nechta tovarlar (ish,xizmat) ro’yxatini ko’rsatishi mumkin. Budjet tashkilotining savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matni agent tomonidan maxsus axborot portaliga 1 kun ichida joylashtirilishi lozim. Markazlashgan manbalar hisobiga davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxatga muvofiq maxsus axborot portaliga savdo o’tkazish to’g’risida tovar, ish va xizmat yetkazib beruvchilarni aniqlash sanasidan kamida 30 kun avval e’lon joylashtirishlari shart. Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan mustasno. Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxatga muvofiq alohida tovar, ish va xizmat turlari bo’yicha bitta shartnoma bo’yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summadagi davlat xaridlarini O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida tashkil qilingan elektron auktsion savdolari orqali amalga oshiriladi, Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan mustasno.
Quyida keltirilgan 2.3-rasmda savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon va elektron savdoda qatnashish uchun so’rovnoma o’rtasida asosiy farqni ko’rishimiz mumkin.




Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə