Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə26/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

3- bob bo’yicha xulosa


Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan 3-bob bo’yicha quyidagi asosiy xulosalarga keldik:

  1. Bugungi kunda dasturlarni moliyaviy ta’minlash va davlat mablag’lari foydalanilishi ustidan nazorat o’rnatish ishida g’aznachiliksiz muvoffaqiyatga erishib bo’lmaydi. G’aznachilikni joriy etish davlat mablag’larini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. G’aznachilik tizimida qilinayotgan xarajatlarni eng yuqri darajadagi “tiniqligiga” erishiladi.

  2. G’aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag’larini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O’zbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan g’aznachilik tizimi g’aznachilikning yagona

g’azna hisobvarag’ida naqd pullarni markazlashtirishni, shuningdek, budjet ijrosining nazoratini va hisob kitobini ko’zda tutadi.

  1. Respublikamiz bozor munosabatalari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, budjet ijrosining bajarilishini qat’iy ta’minlashda, budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va budjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanishda budjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora – tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim

  2. Kelgusida davlat budjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya – budjet, shtat smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin deb umid qilamiz. Ko’zlangan maqsad republikamizning kelgusida ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlash, sarflanayotgan har bir so’m budjet mablag’i respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak.

  3. Budjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xadimlarining ular oldiga qo’yilgan asosiy vazifa – budjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga ma’suliyat bilan yondashishni talab qiladi. Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi, budjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng doiradagi tushuntirish ishlari yetarli darajada olib borilishi lozim.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə