Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə23/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Shtat soliqlari. Har bir shtat budjeti federal budjetga bog’liq, lekin ular o’z soliq tizimiga ega. Shtatlar budjetinng asosiy qismini jismoniy shaxslardan va korporatsiyalar daromadidan soliq egallaydi.
Shtat qonun chiqaruvchi organlari federal soliq tizimiga zid bo’lmagan soliq turlarini chiqarishi mumkin. O’z-o’zini boshqarish organlari esa shu shtat qonunchiligidan ruxsat berilgan soliqlar olishi va yig’ishi mumkin.
Respublikamiz umumdavlat soliqlariga asosan doimiy tushumga ega bo’lgan va budjedga muhim o’rin tutadigan soliqlar yo’naltiriladi. Bularga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, yuridik shaxs daromadiga soliq, aktsiz solig’i, QQS, davlat boji, bojxona boji va boshqa soliqlar kiradi.
AQSh federal budjet soliqlarida esa asosan to’g’ri soliqlar hissasi ko’proq to’g’ri keladi.
Ikki davlat uchun o’xshashlik jihati har ikkala budjetga ham muhim ahamiyatga molik bo’lgan soliqlar yo’naltiriladi. Farqli jihati esa O’zbekiston
Respublikasi soliq tizimida hozirgi kunda egri soliqlar hissasi ko’proq, shu sababli egri soliqlar ham umumdavlat soliqlarida muhim ahamiyatga ega, AQSh federal budjetida esa egri soliqlar deyarli yo’q, chunki mamlakat budjetida egri soliqlarning hissasi kam bo’lib AQSh federal budjetiga jismoniy shaxslar daromad solig’idan keyin ikkinchi o’rinda (budjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtimoiy sug’urta ajratmalari va korporatsiyalar daromadiga soliq kiradi.
Respublikamiz soliq tizimining ikkinchi pog’onasi mahalliy soliqlar va yig’imlardir. Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi.
AQSh mahalliy soliqlari asosan: ijtimoiy ta’minot, yo’l qurilishi, sog’liqni- saqlash, xalq ta’limi mahalliy soliqlarga kiradi. Respublikamiz mahalliy soliqlariga esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, yagona soliq va boshqa yig’imlar ham kiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida qimmatli qog’ozlar bozori ancha rivojlangan va bu tizimdan ham juda katta daromad olish imkoniyati mavjudligi tufayli mamlakat budjetiga ushbu operatsiyalardan ham ma’lum miqdorda soliq tushumlari tushadi. Respublikamiz hududida esa aksincha, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori hali to’liq shakllanmaganligi sababli ham soliq tushumlari kam. Respublikamiz soliq tizimida ham yanada bu bozorni rivojlantirish maqsadida ushbu operatsiyalardan, ya’ni qimmatli qog’ozlar operatsiyasidan daromad oluvchi huquqiy shaxslarga soliqlardan imtiyoz berilgan.
Hozirgi kunda Fransiya mamlakati soliq tizimida 3 ta yirik soliq guruhlari mavjud:

  • Daromadlarni olish vaqtidan to’lanadigan daromad solig’i.

  • Daromad sarflanish vaqtida undiriladigan iste’mol soliqlari.

  • Kapitalga solinadigan soliqlar guruhi.

Fransiya budjet tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib qo’shilgan qiymat solig’i(QQS) hisoblanadi. Dunyo bo’yicha Fransiya QQSning vatani sifatida tan olingan. Bu soliq 1950 yillarning boshlarida joriy etilgan bo’lib 60 yildan ortiq amal
qilib kelmoqda. Aynan Fransiyada davlat xarajatlarini moliyalashtirishda egri soliqlardan foydalanish kabi boy an’ana uzoq muddatdan beri davom ettirib kelmoqda. Fransiyada QQS mamlakat ichida iste’mol qilingan va ishlatilgan barcha tovar va xizmatlarni qamrab oladi. Tashqi dunyo bilan aloqador barcha operatsiyalar QQSdan ozod qilingan.
QQS solig’i qisman to’lovlar metodi orqali undiriladi va mamlakatdagi umumiy soliq tushumlarining 45 % ni tashkil etadi. QQS stavkalarining 4 turi mavjud bo’lib bular:

  • 18,6 % normal stavka barcha Tovar va xizmat turlariga;

  • 33,3 % yuqori stavka hashamat buyumlari, mashina, alkogol va tamakiga;

  • 7 % qisqartirilgan stavka madaniy turmush buyumlari (Kitoblar)

  • 5,5 % birinchi darajali Tovar va xizmatlar uchun (oziq ovqat – bundan alkogol va shokolad istisno; dori-darmon, turar-joy, transport)

Fransiyada QQS to’lovchilarining soni 3 mln kishi. Hisob-kitob ishlari korxonalarning o’zida olib boriladi; soddalashtirilgan xisobda – soliq xizmati orqali. Kichik korxonalar dekloratsialarni yil davomida to’ldirshlari mumkin. QQS budjetga dekloratsialarga asoslangan xolda oyma-oy kiritib boriladi. Korxonalar soliq markazlariga dekloratsiya va soliqni to’lash uchun chekni taqdim etadilar. QQS ni to’lashda Tovar aylanmasiga qarab kvartallik va yillik to’lov muddatlari mavjud. Eksport bilan shug’ullanuvchilar uchun QQS kompensatsiasi oyma-oy amalga oshiriladi. Qolgan turdagi faoliyatlar uchun kvartallik to’lovklar joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i har yili moliya yili tugugandan so’ng kelgusi yilning boshida deklaratsiya orqali undiriladi. Ushbu soliq budjetning soliqli tushumlarini 20 % ni tashkil etadi. Ushbu xolat o’ziga xos tarixiy xususiyatlar bilan bog’liq bo’lib, Hukumat jamiyat iste’mol fondlarini rivojlanmaganligi xolatida daromad solig’ini ijtimoiy siyosat olib boorish uchun ishlatadi. Daromad solig’i oilalarni rag’batlantirish, kam ta’minlanganlarga yordam ko’rsatishda qo’llaniladi. Daromad solig’iga quyidagi funksiya yuklatilgan : aholining jamg’armalarga, ko’chmas mulkka, aktsiyalar sotib olishga qo’yilmalarini rag’batlantirish. Bularning barchasi xisob – kitobning murakkab tizimini va ko’plab
imtiyoz va ayirmalarni vujuda keltiradi. Shu tufayli 25 mln soliq to’lovchilardan faqatgina 15 mln (52 %) soliq to’laydi. Mamlakatning barcha jismoniy shaxslari qolaversa aktsionerlik jamiyati bo’lmagan barcha kooperativ va korxonalar potensial soliq to’lovchilar hisoblanadi. Ushbu soliq yagona hisoblanib, yagona progressive shkala bo’yicha ayirib boriladi, lekin shu bilan birga soliq to’lovchining iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy ahvoli va Yoshi hisobga olinadi. O’sib borish stavkasi (progressia stavkasi) daromadga qarab 0 % dan 56,8 % gacha bo’lishi mumkin. Har yili inflatsiya jarayonlari hisobga olingan holda ushbu shkala aniqlashtirilib, joiz bo’lsa o’zgartirishlar kiritilib boriladi. Daromad solig’ini Fransiya xududida isteqomat qiluvchi barcha to’lashi, qolaversa ba’zi xollarda kelishuvlarga binoan Fransiya xududidan tashqaridagilar ham to’lashi lozim. Ushbu to’lovning printsipial o’ziga xosligi – jismoniy shaxsninggina emas balki oilanig daromadidan ushbu soliq to’lanishi lozim. Soliq to’lovchi tomonidan o’tgan yilgi daromadlarga asoslanib bir yilda bir marotaba to’ldiriladigan dekloratsiyada ko’rsatilgan umumiy summadan to’lanadi. Bu holat soliqni undirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, to’lovlarni budjetga tushish jarayonini sekinlashtiradi. Qolaversa yil davomida daromadlar tushib ketsa soliqni undirish bilan muammolar kelib chiqishi mumkin.
Fransiya soliq tizimini O’zbekiston soliq tizimi bilan o’xshashliklari juda ko’pdir. Frantsiya soliqlari umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi O’zbekiston Respublikasining soliqlarining bo’linishiga o’xshashdir.
Fransiyada markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy 93% ni soliq to’lovlari tashkil etadi. Budjet daromadlarining qolgan qismini maxsus daromadlar tashkil qiladi. Maxsus daromadlar asosan ijtimoiy fondlarga to’lovlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasida markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy qismini 93-95%ni soliq to’lovlari tashkil etadi. Qolgan qismini pensiya fondi, bandlik fondi, yo’l fondi kabi fondlarga to’lovlar tashkil etadi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra Fransiya va O’zbekiston Respublikasini soliq tizimi to’g’ri soliqlar va egri soliqlarga ajratiladi. To’g’ri soliqlar o’z navbatida yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardir.
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i va bojxona bojlari kiradi. Bu soliqlarni tarkibi Frantsiyaga taaluqli bo’lib, egri soliqlar tarkibi O’zbekiston Respublikasini egri soliqlari tarkibi bilan bir xildir.
O’zbekiston Respublikasining to’g’ri soliqlar tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, ekologiya solig’i, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig’i, reklama solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq, mahalliy yig’imlar va boshqa soliqlar kiradi.
O’zbekiston jismoniy shaxslaridan undiriladigan soliq Fransiya jismoniy shaxslaridan olinadigan soliqqa mohiyatan o’xshab ketadi. Ularning biroz farqi stavkalaridadir.
Fransiya budjetiga mol-mulkka solinadigan soliq ham katta daromad keltiradi. Mol-mulk solig’ining ob’ekti bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi: mol-mulk, mulkiy huquq, qimmatli qog’ozlar. Mol-mulk tarkibiga binolar, inshoatlar, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari xarakterlanadi. Mol-mulk, chorva mollari va ko’p yillik daraxtlar kiritiladi. Ushbu soliq progressiv xarakterga ega bo’lib, tabaqalashtirilgan. Fransiyada shu narsaga alohida e’tibor berilganki daromad solig’i bilan mol-mulkka solinadigan soliqning birgalikdagi umumiy summasi jami daromadning 85 foizidan ortib ketmasligi kerak.
O’zbekistonda mol-mulk solig’i Fransiyadagi mol-mulk solig’i bilan deyarli bir xil ahamiyatga ega bo’lib, ular soliq stavkalari va hisoblanishi jihatidan farq qiladi.
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, jumladan davlat budjetini ijro etishda asosiy mexanizmlardan hisoblangan g’aznachilik tizimini tashkil etish va shakllantirishda xorijiy va MDH mamlakatlarining tajribasi muhim o'rin egallaydi. O'zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, Iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida o'ziga xos yo'nalishga ega. Biroq, bu hol g’aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribani o'rganishning ahamiyatini umuman pasaytirmaydi.
Tajribadan shu narsa ma'lumki, O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko'r-ko'rona, sun'iylik bilan tadbiq etib bo'lmaydi, chunki
jamiyat a'zolari o'rtasida shunday an'anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e'tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda, qo'llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Budjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlovchi shunday mexanizmlardan biri - davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimidir.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə