Moliyaviy menejment


Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə22/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari.


Biz bilamizki soliqlar jahon miqiyosida budjet mablag’larining asosini tashkil etadi, shu qatorda O’zbekiston ham davlat budjetining 93-95 foizini soliqlar tashkil etadi bu degani soliqlar budjet daromadlarining asosiy manbaidir. Soliqlar davlat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda bu tizimni tubdan isloh qilish uni yanada takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish va shakllangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotga tadbiq etish juda muhimdir.
Barcha rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlari ko’pgina umumiy xususiyatlarga ega va ayni paytda bir-biridan farq qiladi.
AQSh soliq tizimini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u ba’zi bir belgilari bilan boshqa bir soliq tizimlaridan ajralib turadi. Jumladan:

  • mamlakat soliq tizimida juda katta boshqaruv apparatining mavjudligi;

  • soliq organlari umumiy tuzilishining mamlakat miqyosida qat’iy markazlashtirishning yo’qligi, mamlakat soliq idoralarining uch darajali; federal, shtat va shahar, (ba’zan ayrim grafliklar darajasidagi tumanlar) va ularning har birining to’liq mustaqilligidir.

Hozirgi kunda Amerika Qo’shma Shtatlari soliq tizimi takomillashgan bo’lib, bunda soliqlar faqatgina budjetni to’ldirish, ya’ni fiskal funktsiyani bajaribgina qolmay, balki iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanch elementlariga aylanadi.
Yirik va doimiy tushum xarakatiga ega bo’lgan soliqlar federal budjetga yo’naltiriladi. Ular daromad va xarajatlarning deyarli 70% ini tashkil etadi. Shtat qonun chiqaruvchi organlari federal soliq tizimiga zid bo’lmagan soliq turlarini chiqarishi va bekor qilishi mumkin. O’zini-o’zi boshqarish organlari shu shtat qonunchiligida ruxsat berilgan soliqlarni olishi va yig’ilishi mumkin. Mahalliy boshqaruv organlari o’z navbatida birinchi bo’lib mahalliy soliqlar evaziga ahamiyatiga ega bo’lgan o’z moliyaviy mablag’lari manbalarini yaratishga harakat qilishadi. Oxirgi 10-15 yil davomida AQShda ko’pgina g’arbiy Yevropa mamlakatlari singari moliya tizimi orqali umumiy fondda yig’ilgan mablag’lar hajmining o’sishi, mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy mablag’lar
hajmining tez sur’atlar bilan o’sib borishi kuzatilmoqda, shu bilan bir qatorda xarajatlar ham o’sib kelmoqda. Har bir shtat boshqaruv organlari moliyaviy mablag’larning tushumi va taqsimlanishini nazorat qiladi va asosiy manbasini ta’minlaydi.
AQSh soliq tizimi uch darajali bo’lib, ular: federal, shtat va shahar soliqlariga bo’linadi.
AQSh moliya tizimining asosiy bo’g’ini federal, hukumatning budjet mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy tushumga ega bo’lgan soliqlar federal budjetga yo’naltiriladi. AQShning 70% daromad va xarajatlari federal budjet hissasiga to’g’ri keladi. Federal budjet daromadlarining asosiy qismini to’g’ri soliqlar tashkil etadi. Shtat va mahalliy hukumat budjetlariga egri soliqlar ko’proq tushadi.
Federal budjetda jismoniy shaxslar daromad solig’ida keyin ikkinchi o’rinda (budjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtiomiy sug’urta ajratmalari kiradi. Bu ajratmalar ish beruvchi va ishchi o’rtasida teng 2 ga bo’linadi. Yig’im stavkasi har yilgi budjet tizimiga qarab o’zgaradi. Stavka ish haqi fondining bir qismiga nisbatan qo’llaniladi. Bu yig’im aniq yo’nalish va maqsadga ega.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə