Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə25/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Fransiyada g’aznachilik funksiyalari Davlat g’aznasi va Davlatning hisob- kitob yuritish bosh dereksiyasi o'rtasida bo'lingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi: Davlat g’aznasi Moliya Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh dereksiyasi Budjet vazirligining tarkibiga kiradi.
Fransiyada barcha moliyaviy resurslar g’aznachilikning yagona hisobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to'lovlar yig’iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat g’aznasi quyidagi huquqlarga ega:

  • budjet mablag’lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo'yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bo'lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;

  • buyruqga asosan, kreditorlarning talabi bo'yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlar to'lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi;

  • davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag’larini va moddiy boyliklarni saqlashni va qo'riqlashni ta'minlaydi;

  • naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operasiyalarni bajaradi;

  • amalga oshirilgan moliyaviy operasiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob-kitobi bo'yicha yuritiladigan hujjatlarni saqlaydi;

  • buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi. “Mamlakatda g’aznachilik organlari Davlat budjetini to'ldirish va ijro qilishni

ta'minlaydigan 4000 dan ortiq bo'limlariga ega. G’aznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini yig’ib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablag’larini sarflanishini amalga oshiradi.
G’aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat budjeti xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda tayinlangan Bosh g’aznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy operasiyalari to'g’risidagi ma'lumotlar har kuni g’aznachilikning Markaziy hisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yig’iladi.
Bundan tashqari, g’aznachilik organlari davlat tashkilotlari bo'lgan ta'lim muassasa- lari, ijtimoiy ta'minot va boshqaruv organlari hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi”. Bosh g’aznachi joylardagi 27000 muassasalarni nazorat qilishi shart. Davlat buxgalterlari mintaqalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, mahalliy davlat tashkilotlari bo'yicha hisob-kitob yuritadilar.
Davlat buxgalterlari budjet mablag’lari taqsimlovchilarini moliyaviy maslahatchilaridir.
Budjetning xarajatlar bo'yicha ijrosi Budjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Budjet derektorati o'z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat qilish sur'atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazorat qilinadi: Fransiyadagi g’aznachilik Avstraliyadagi g’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, yuqorida aytib o'tganimizdek, muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularning hajmiga, to'lov muddatiga va tarkibiga bog’liq masalalarni yechadi.
Fransiyada ham davlat moliyasining axborot tizimi samarali faoliyat ko'rsatadi. Mazkur tizimda budjetni tayyorlash, budjet hujjatlarini nashr qilish va budjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Budjet derektorati va tarmoq vazirliklarini bog’laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar)
asosida yagona hisobraqamdagi mablag’lar to'g’risida to'liq axborot olish uchun bir kun ketadi, har haftada esa to'liq kengaytirilgan ma'lumotlar olish mumkin.
Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish va mablag’ jalb qilish bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’larni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to'g’risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Fransiyadagi g’aznachilik tizimi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundaki, kadrlar masalasiga alohida e'tibor beriladi. Fransiyadagi Davlat g’aznasi organlarida 58000 xodim ishlaydi, o'tgan yillar mobaynida Davlat g’aznasi Bosh Boshqarmasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni samarali boshqarishga alohida e'tibor beradi. Fransiyada talab darajasida kasb xodimlarini tayyorlashga yo'naltirilgan kadrlarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash amalga oshirildi.
Mazkur tizimda mablag’lar harakati va ulardan maqsadli foydalanish ustidan joriy va keyingi nazoratni kuchaytirishga oid qonunlarni, me’yoriy hujjatlarni, yo'riqnomalarni bilmasdan turib, g’aznachilik organlaridagi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin emas. Shu bois respublikamizda ham g’aznachilik bo'limlaridagi kadrlar masalalalarini hal etishda moliya, soliq, bank sohasida ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar tanlab olinishi va kasbiy malakasi oshirilishi zarurdir.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə