Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə27/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Xulosa va takliflar:


Xulosa qilib aytadiga bo’lsak iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini oshirish, budjet balansini bir me’yorda ushlab turish, davlat budjeti mablag’larini aniq maqsadli yo’naltirish va ulardan samarali foydalanish rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bugungi rivojlanish jarayonida, yuqorida keltirib o’tilgan ishlarni amalga ishirish jarayoni ketayotganini ko’rishimiz mumkin.
Bitiruv malakaviy ishimizning bu qismida biz yuqorida amalga oshirilgan tahlil va tadqiqot natijalariga asoslangan holda davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda aks ettirishga harakat qilamiz. Ular quydagilardan iborat:

  1. Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishda tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna xisob raqamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi.

  2. Budjet intizomini ta’minlashda budjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi ma’sul bo’lsa, budjet mablag’laridan samarali foydalanish yuzsidan esa O’zbekiston Respublikasi G’aznachilik boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi Nazorat

– taftish boshqarmasiga katta ma’suliyat yuklandi.

  1. Amalda bo’lgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish orqali,xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga utildi.

  2. Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishda samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki budjet jarayoning asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy

nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

  1. G’aznachilik organlari budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, to’lovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega bo’ldi. Bu o’z navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi.

  2. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi bo’yicha ma’lum o’rnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda xarajatlarni amalga oshirish tartibi o’rnatildi. Natijada budjet mablag’larini suiste’mol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi.

  3. Davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish, bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy xarajatlarni amalga oshirish uchun yo’naltirish imkonini beradi.

Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muommolarni hal etish maqsadida quyidagi ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

  1. Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun budjetdan ijtimoiy, ijtimoiy- madaniy tadbirlarni moliyalashtiriladigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma – bosqich kamaytirish va me’yordan ortiqcha amalga oshirilgan xarajatlarni budjet hisobotlariga debitorlik va kreditorlik qarzlari sifatida qabul qilish amaliyotiga chek qo’yish zarur.

  2. Hozirgi kunda davlat budjeti mabllag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish uchun eng avvalo, budjet mablag’laridan tejab – tergab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun g’aznachilik tizimini yanada takomillashtirib, ishlarni jahon standartlariga mos ravishda olib borish zarur.

  3. Budjetdan mablag’ oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini inobatga olgan holda, budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini (vipiska) o’z muddatlarida hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri budjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda budjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi

  4. Davlat budjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim .

  5. Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun budjetdan ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.

Yuqoridagi takliflarni amaliyotga tadbiq etlishi davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Yüklə 253,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə