Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
 
6.6. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning 
sintetik hisobi 
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish 
bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda 
hisobga olib boriladi. 
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, 
xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 


245 

xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari 
va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim 
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan 
ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan 
rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; 

kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga 
ustamalar; 

ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusdagi 
to’lovlar, shu jumladan: 

texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari 
vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va 
okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq; 

smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va 
xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; 

hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, 
zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu 
jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; 

aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining 
va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa 
xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo’nagan 
paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda o’tgan 
har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar; 

qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band 
bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan 
ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun 
ustama; 


246 

doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning 
shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan 
normativ vaqt uchun qo’shimcha haq; 

mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu 
jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, 
suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan 
to’lovlar; 

xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga 
qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda 
tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport 
tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi
oklad miqdorida to’lanadigan summalar; 

ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va 
qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining 
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish 
kunlari, uchun haq to’lash; 

ishlamagan vaqt uchun haq to’lash: 

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha ta’tillar, 
navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, 
o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi 
tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq 
to’lash; 

majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab 
qolgan holda haq to’lash; 

donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon 
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash; 

davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash; 


247 

xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular 
tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar 
bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-
kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat 
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; 

belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi 
xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari. 
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha 
aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz 
mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar 
bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi. 
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-
«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira 
mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-
«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-
qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi. 
Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari 
mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat 
jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga 
yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə