Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
Omonat sertifikatlari
 
– kredit muassasalarining pul mablag’larini 
deponentlangani to’g’risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi 
omonat sertifikati muddati o’tgandan so’ng depozit summani va uning foizini olish 
huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat 
sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan bo’ladi. Ko’rsatuvchiga 
berilgan sertifikatlar muomalada bo’lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi 
– sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va 
kreditorlar o’rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar 
bo’yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to’lanadi. 
Veksel
 
– qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda 
ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay 


254 
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul 
shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. 
Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida 
bo’ladi. 
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo’lib, u qat’iy belgilangan shaklda 
tuziladi. O’z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so’zsiz pul majburiyatlari deb 
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir. 
So’zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to’lanishi qandaydir 
shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni 
to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan begona sharoitlarga 
bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, 
uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel 
majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. 
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa 
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida 
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. 
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki 
xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi. 
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel qarzdor 
tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan 
muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan 
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan 
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib 
hisoblanadi. 
O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel 
kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani 
belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan 
buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor 


255 
tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. 
Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi 
emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi 
bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor 
to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi 
vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday 
munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi 
to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi 
oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni 
o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-
o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda 
ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi 
tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi 
bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida 
uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan 
akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. 
 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə