Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə1/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316
642a946f5e25f (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


A.V. VAHOBOV, N.F. ISHONQULOV, A.T. IBROHIMOV


MOLIYAVIY VA BOSHQARUV TAHLILI


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan

Toshkent


1
«IQTISOD-MOLIYA» 2013




UO‘K: 336 (075)
КBК: 65.261 V-13


Taqrizchilar: M.Q. Pardayev – i.f.d., professor;
E.A. Akramov – i.f.d., professor


Moliyaviy va boshqaruv tahlili / Darslik: A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – 3- qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2013. – 600 b.
Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga asoslanib oliy ta’lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi, zamonaviy darsliklarni yaratish, o‘quv jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni, uslublarni qo‘llash, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ish olib borishi uchun erkin fikrlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Mazkur darslik iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish sharoitidagi talablardan kelib chiqib tayyorlangan.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanini o‘qitish, uning mazmunini respublikamizda amal qilayotgan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunlar, normativ hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda tubdan yangilashni taqozo etmoqda. Bu yangi o‘zgarishlarni nazarda tutib, mualliflar oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fani dasturiga asoslanib, ushbu darslikni yaratdilar. Darslikning birinchi bo‘limida iqtisodiy tahlilning fan sifatida tashkil topishi va rivojlanish tarixi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifasi, tahlil etish metodi, iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari, tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rganilgan.
Darslikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobotlarini moliyaviy va boshqaruv tahlil qilish uslublari keltirilgan bo‘lib, talaba har bir mavzuni o‘rganganidan so‘ng mazkur mavzuga tegishli tayanch iboralarga, takrorlash uchun berilgan savollarga javob berishlari, bilimini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda yechishi hamda mavzuga oid testlarga javob berishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur darslikda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning metodik asoslari, korxonalarni boshqarishda boshqaruv tahlili ma’lumotlariga ko‘proq tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy xodim- izlanuvchilar, menejerlar, moliyachilar, soliqchilar, bank xodimlari, qimmatli qog‘ozlar va sarmoyalar bozori ishtirokchilari, buxgalterlar, auditorlar hamda boshqa iqtisodchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.



Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə